So’nggi yangiliklar

20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0

17 apr 18:12
Yangiliklar

SHaxmat

CHirchiq shahridagi maktabgacha talim muassasalari o'rtasida shaxmat sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi

Teglar :  SHaxmatUniversitet
14-16 aprel kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" va "Sport menejmenti va iqtisodiyot" kafedralari tashabbusi bilan CHirchiq shahridagi maktabgacha talim muassasalarining tarbiyachi xodimlari va tarbiyalanuvchilari o'rtasida shaxmat sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Uch kun davom etgan musobaqalarda CHirchiq shahridagi 30 ta maktabgacha talim muassasalaridan 150 nafarga yaqin tarbiyachi xodimlar va tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi. SHundan, saralash bosqichida 60 nafar, final bahslarida 12 nafar tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada universitetning "Sport menejmenti va iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi, FIDE  ustasi, jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori Elbek Jumanov hakamlik qildi. Universitetning katta o'qituvchisi Z.Yusupov va o'qituvchi A.Rashidovlar yordamchi hakam sifatida qatnashdi.

Mazkur musobaqani universitetning mustaqil tadqiqotchisi Farxod Murodov tashkillashtirishda faol ishtirok etdi.

Tarbiyalanuvchilar o'rtasida musobaqa natijasi: 

1 - o'rin Y.Abdukarimov;

2 - o'rin M.Mirazimov;

3 - o'rin S.Kanibekov.


Tarbiyachilar o'rtasida musobaqa natijasi:

1 – o'rin Z.Anorboeva;

2- o'rin B.Xaydarova;

3 – o'rin O.Mo'minova.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

O'zDJTSU matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing