So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

06 dek 10:52
Yangiliklar

Gimnastika

CHirchiqda badiiy gimnastika bo'yicha ochiq turnir o'tkazildi FOTOGALEREYA

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “FOR BEST PROFTT” masuliyati cheklangan jamiyatining badiiy gimnastika klubi tomonidan 8 dekabr – Konstituciya kuni bayrami munosabati bilan badiiy gimnastika bo'yicha ochiq turnir o'tkazildi.

O'zbekiston gimnastika federaciyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi CHirchiq shahar bo'limi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur ochiq turnirda Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Farg'ona, Andijon, Namangan hamda Toshkent viloyatidan 300 nafardan ortiq yosh sportchi-qiz ishtirok etdi.

Musobaqada 4 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan badiiy gimnastikachilar bulava, arg'amchi, halqa, to'p, tasma kabi buyumlarda bajariladigan nozik va nafis mashqlarni o'zlari tanlagan musiqa sadolari uyg'unligida namoyish etishdi.

Murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijasiga ko'ra, CHirchiq shahri jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Toshkent shahri jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin Samarqand viloyati qizlariga nasib etdi. G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Aytish joiz, musobaqada ishtirok etgan jajji qizaloqlar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishlari bilan birga o'zlari uchun mahorat saboqlari ham olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Rigina Dadajonova, badiiy gimnastika murabbiyi: 

- Hozirda CHirchiq shahrida 100 nafardan ortiq yosh qizlarga badiiy gimnastika bo'yicha saboq berib, mahoratlarini oshirib kelyapmiz. Ushbu musobaqada ham terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi. SHogirdlarimizdan SHaxruza Sobirjonova hamda Felez Amirxamzaevalar  20 dekabrda Dubay shahrida o'tadigan badiiy gimnastika bo'yicha xalqaro turnirda ishtirok etishadi. Mazkur turnir ular uchun o'ziga xos sinov vazifasini ham o'tab berdi. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Konstituciyamiz qabul qilingan kunning 29 yilligi bilan tabriklaymiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing