So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

27 noy 14:40
Yangiliklar

Dzyudo

CHirchiqda dzyudo bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi

Teglar :  DzyudoCHirchiq
Joriy yilning 25-26 noyabr kunlari CHirchiq shahridagi "O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti"ning kurash zalida 2007-2008 hamda 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida dzyudo bo'yicha uchinchi xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Dzyudo bo'yicha sport ustasi Aziz Saitov xotirasi uchun tashkil etilgan mazkur uchinchi bor o'tkazilgan xalqaro turnirda O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston hamda Yaman davlatlaridan 350 nafarga yaqin yosh dzyudochilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 

CHirchiq shahar hokimligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati dzyudo federaciyasi, CHirchiq sport maktabi  hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning birinchi kunida 2007-2008 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida kuchlilar aniqlandi. Unga ko'ra o'g'il bolalar o'rtasida 50 kg. Xurshid Burxonov  (Samarqand), 55 kg. Eldor SHaripov (Samarqand), 60 kg. Najmiddin Davlatov (Tojikiston), 66 kg. Muhammad Ergashev ( Farg'ona), 73 kg. Inomjon Bahodirov (Toshkent sh.), 81 kg. Botir Yuldoshev (Toshkent sh.), +81 kg. Ubaydullo Botirov (Toshkent sh.) barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o'rinni egallashdi. Qizlar o'rtasida esa 44 kg. da xorzamlik Kumushbibi Ergasheva,  48 kg. da qashqadaryolik Nargiza Do'smatova, 52 kg. da xorazmlik SHahrizoda Romanova, 57 kg. da xorzamlik Zuhra Umarova, 63 kg. da qashqadaryo Gulasal Obloqulova, +63 kg. da Umida Nigmatova faxrli birinchi qo'lga kiritishdi. SHuningdek, 25 noyabr kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Musobaqaning ikkinchi kunida 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar belgilangan vazn toifalarida o'zaro kuch sinashdi. 

Bellashuvlar yakunida g'olib va sovrindorlar turnir tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing