So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

07 apr 16:20
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda futbol bo'yicha DXX kubogining saralash bosqichiga start berildi

Teglar :  DXX kubogi
CHirchiqda futbol bo'yicha davlat xavsizlik xizmati kubogining saralash bosqichi boshlandi.

5 aprel kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti stadionida  CHirchiq shahridagi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning mini – futbol va futbol turlari bo'yicha dastlabki CHirchiq shahar saralash bosqich bellashuvlariga start berildi.

Uyushmagan, kam taminlangan va ayni paytda ishsiz yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishiga, xususan, sportning mini-futbol va futbol  turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash maqsadida start olgan mazkur  DXX kubogining dastlab,  tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ochilish marosimida CHirchiq shahar hokimligi, sektor rahbarlari, Xalq deputatlari CHirchiq shahar kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, futbol jamoalariga  g'oliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi. SHundan so'ng ilk bellashuvlarga start berildi. Takidlash joiz, mazkur DXX kubogining saralash musobaqasi dastlab, CHirchiq shahridagi 4ta sektor kesimida 44 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o'rtasida hududlarga bo'lingan holda o'zaro kuch sinashishadi. G'olib jamoalar shahar, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi.

Musobaqalarning birinchi bosqichi joriy yilning aprel-may, ikkinchi bosqichi iyun-iyul oylarida hamda uchinchi final bosqichi avgust oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing