So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

11 fev 10:29
Yangiliklar

Tadbirlar, Bolalar sporti

CHirchiqda “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostida musobaqa o'tkazildi

CHirchiq shahridagi 5-umumiy o'rta talim maktabida “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostida “Quvnoq startlar” sport bellashuvlari o'tkazildi.

Sport haftaligi doirasida tashkil etilgan mazkur sport bellashuvlarida maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda 16707-xarbiy qismdan taklif etilgan bir guruh askarlardan iborat jamoalar ishtirok etishdi. 

O'ziga xos, noananaviy tarzda kechgan musobaqaning aynan askarlar ishtirokida o'tishi talim dargohida taxsil olayotgan o'quvchilarning xarbiylar bilan yaqindan muloqot qilishi, ularning jasorat, mardlik va vatanparvarlik ruhida kamol topishiga undaydi.

“Estafetali yugurish”, “Joyidan turib uzunlikka sakrash”, “Arqon tortish”, “Turnikda tortilish”, “Tosh ko'tarish”, “Basketbol to'pini savatga tushurish”, “Armrestling” va “Qop ichiga kirib estafetali yugurish” shartlari bo'yicha kuch sinashishdi. 

Ko'taringki ruhda, murosasiz o'tgan musobaqaning yakunida 23 ochko to'plagan xarbiy qism askarlari g'oliblikni qo'lga kiritishdi. O'quvchilarning ham tosh ko'tarish, turnikda tortilish, armrestling kabi shartlarda askarlardan qolishmasligi yig'ilganlarning olqishiga sazovor bo'ldi. 

Albatta, bunday manaviy tadbirlarni, sport bellashuvlarini munosib tarzda o'tishida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar muhim ahamiyatga ega. CHirchiqdagi mazkur 5-umumiy o'rta talim maktabida o'quvchilarning sifatli talim olishida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishida barcha qulayliklar yaratilgan. 

Boisi, 2018 yilda uch milliard to'rt yuz yigirma to'qqiz million so'mdan ortiq mablag' evaziga maktabda kapital tamirlash ishlari amalga oshirildi.  O'tgan yilning 5 sentyabrida to'liq foydalanishga topshirilgan ushbu ko'zni quvnatadigan, zamonaviy qiyofadagi talim maskanida isitish tizimi yaxshilangan, kuz-qish mavsumiga to'liq javob beradi.  

Tamirlash doirasida sport zali ham chiroyli ko'rinishga keltirilgan. Nishon Bobomurodov, SHaxzod Umarov, SHerik Ushunboev, Talg'at Turg'unov, Sarvar Asomiddinovlardan iborat jismoniy tarbiya o'qituvchilari  tomonidan sportning sambo, voleybol, kurash, stol tennisi, shaxmat-shashka to'garaklari tashkil etilgan. 

SHuningdek, darslardan oldin o'quvchilarning ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishlari ularning sog'lom turmush tarziga amal qilib, nafaqat jismoniy balki aqliy barkamol avlod bo'lib voyaga etishida muhim vosita bo'lmoqda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing