So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

22 iyu 20:19
Yangiliklar

Og'ir atletika

CHirchiqda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionatida ilk kungi g'oliblar malum FOTOREPORTAJ

Bugun CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida (U17) Markaziy Osiyo Ochiq chempionatiga start berildi.

O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron hamda Turkiya davlatlatidan yosh atletlar g'oliblik uchun bellashishmoqda. Yuqori saviyada tashkil etilgan chempionat doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. 

Mazkur ochilish marosimida ishtirok etgan CHirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov sportchilarni qutlab, musobaqani ochib berdi. 

SHuningdek, ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov ham ishtirok etib, barcha marosim qatnashchilarini samimiy tabriklab, atletlarga omad tiladi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, dastlabki kuni qizlar 45, 49 kg. vazn toifalarida kuch sinashishgan bo'lsa, o'g'il bolalar o'rtasida 49, 55 kg.vazn toifalarida g'oliblar aniqlandi. 

Demak, 22 iyun kungi dast va siltab ko'tarish bo'yicha g'olib va sovrindorlar bilan tanishamiz.

O'g'il bolalar. 49 kg. vazn toifasi

1. Bekbul Sarpashev (Qirg'iziston, 74+88 ) -162 kg. 

2. Kilich Ali (Turkiya, 70+85) -155 kg. 

3. Asadullo Negmatov (Tojikiston, 48+64) - 112 kg. 


55 kg. vazn toifasi

1. Miraziz Mirsobirov (O'zbekiston, 95+122) - 217kg. 

2. Diyor Odilov (O'zbekiston 89+113)-202 kg.

3. Erseyit Beybarus (Qozog'iston, 89+112) - 201 kg. 

Qizlar. 45 kg. vazn toifasi

1. Kolchak Fatma Sena (Turkiya, 55+62) - 117 kg.

2. SHabnam Karimbaeva (Turkmaniston, 54+63) - 117 kg. 

3. Munisa Odilova (O'zbekiston, 51+62) - 113 kg. 


49 kg. vazn toifasi

1. Kseniya Prozorova (Qozog'iston, 70+87) -157 kg. 

2. Sanay Leyla (Turkiya, 63+73) - 136 kg. 

3. Insana Rasidova (Qozog'iston, 47+63) - 110 kg. 

Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. O'smirlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo Ochiq chempionati 24 iyunga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi. Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing