So’nggi yangiliklar

08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0

20 iyu 20:45
Yangiliklar

Basketbol

CHirchiqda stritbol bo'yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" g'oliblari aniqlandi

CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida stritbol bo'yicha respublika final bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Uch kun davomida yuqori saviyada tashkil etilgan final bosqich bahslarida 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasidagi o'g'il bolalar g'oliblik yo'lida bahs olib borishdi.

G'olib va sovrindorlar:

16-21 yosh toifasi

1. Toshkent viloyati CHirchiq shahridagi "Bahor" MFY jamoasi 

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahridagi "Darvent" MFY jamoasi 

3. Farg'ona viloyati Quva tumanidagi "Rasta" MFY jamoasi 

22-26 yosh toifasi 

1. Andijon viloyati Oltinko'l tumanidagi "Saroy-1" MFY jamoasi 

2. Farg'ona viloyati Quvasoy tumanidagi "Bog'bon" MFY jamoasi 

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahridagi "Kirantov" MFY jamoasi 


27-30 yosh toifasi

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiatash tumanidagi "Obod" MFY jamoasi 

2. Toshkent viloyati CHinoz tumanidagi "CHorvador" MFY jamoasi 

3. Jizzax viloyati G'allaorol shahridagi "Samarqand" MFY jamoasi

Bellashuvlar yakunlangach, g'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi. Kuchli uchlikdan joy olgan jamoalarga diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi. 

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari Dildora Rahimova, Yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Muqimjon Arzikulov, Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Sultonbekov, Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i Miraziz Mirsultonov, CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Ravshan Gafurov ishtirok etdi.

Takidlash lozim, ushbu final bosqichida g'olib bo'lgan jamoalarning mahallalariga Universal sport maydonchasi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalarning mahallalariga esa «Workout» va «Streetball» maydonlarini o'zida jamlagan bolalar sport maydonchalari barpo etiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing