So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

04 jan 11:27
Yangiliklar

Tadbirlar

CHirchiqda vatanparvarlikni tarannum etuvchi tadbir o'tkazildi

Poytaxt viloyatining CHirchiq shahrida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu ikki sanani nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishga bag'ishlangan vatanparvarlik oyligida “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyat kengashi CHirchiq Oliy tank qo'mondonlik muxandislik bilim yurti bilan hamkorlikda ommaviy, manaviy marifiy tadbir o'tkazildi.  

Tadbirda O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyat kengashi tasarrufidagi o'quv muassasalari va CHirchiq shahar hokimligi vakillari, CHirchiq shahar mudofaa ishlari bo'limi, CHirchiq shahar Xalq talimi bo'limiga qarashli umumtalim maktablarining 10-11 sinf o'quvchilari, CHirchiq shahridagi kasb-hunar kollejlarining 2-3 bosqich o'quvchilari hamda CHirchiq Oliy tank qo'mondonlik muxandislik bilim yurti kursantlari va harbiy xizmatchilari, CHirchiq davlat pedagogika instituti talabalari, hamkor tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Marosim O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xarbiy xizmatchilarining manaviy-marifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3898-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 23 fevraldagi “Yoshlarni xarbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalash koncepciyasini tasdiqlash to'g'risida”gi 140-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori, 2018 yil 13 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora tadbirlari to'g'risidagi farmoyishi hamda O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi Hayatining 2018 yil 20 dekabrdagi 11.B.1-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida tashkil etildi.

SHuni alohida takidlab o'tish kerakki, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mudofaa qudratini mustahkamlashga ko'maklashish, yoshlar va fuqarolarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlash, o'z tashkiloti tizimi orqali tegishli davlat organlari, jamoaat va nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va fuqarolar o'rtasida Vatanni himoya qilish haqidagi g'oyalarni targ'ib etish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida ko'maklashish, fuqarolar va voyaga etmagan yoshlar o'rtasida sportning texnik va amaliy turlarini targ'ib qilish va ommaviyligini oshirish, turli darajadagi sport musobaqalarini o'tkazish, sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taminlash, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda avtotransport vositalari haydovchilarini va boshqa ommaviy kasblar turlari mutaxassislarini tayyorlash (qayta tayyorlash) tizimini tashkil etish maqsadida o'z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu xayrli ishlarning namunasi sifatida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi taassarufidagi avtotransport texnikalarining namoyishi, sportning texnik va amaliy turlaridan avto va motosport, “Karting”, “Raketamodel”, “Aviamodel” turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar va ko'rgazmalar tashkil etildi. 

Tadbirga CHirchiq shahar, Bo'stonliq, Parkent, Qibray va Yuqori CHirchiq tumanlarining ikki mingga yaqin o'quvchi-yoshlari jalb etildi. Tadbir avvalida “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tomonidan sportning texnik va amaliy turlarining ko'rgazmasi va tashkilot tizimida shug'ullanayotgan sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari, shuningdek, CHirchiq oliy tank qo'mondon-muhandislik bilim yurti kursantlarning harbiy jang sanati chiqishlari havola qilindi. 

Tadbirning qiziqarli va mazmunli o'tishida bilim yurtiga tashrif buyurgan jahon chempionlari Dmitriy SHokin va Ramziddin Saidovlar bilan yaqindan muloqot yoshlar va kursantlarda katta taassurot qoldirdi. 

Xabar mualliflari: Ilhom Rahmonov hamda Muzaffar Xadjaev, O'zbekiston Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti CHirchiq avtomobil maktabi boshlig'ining manaviyat, harbiy vatanparvarlik targ'iboti va tashkiliy-ommaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing