So’nggi yangiliklar

14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0

06 fev 21:07
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda voleybol bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlari o'tkazilmoqda

CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida voleybol bo'yicha 14 yoshgacha va undan kichik yoshdagi o'g'il bolalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bugundan start olgan mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri barcha viloyatlar 200 nafar sportchi-o'quvchilar 14 ta jamoa bo'lib, chempionlik kurash olib bormoqda.  O'zDJTSU manejida ushbu chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida O'zbekiston voleybol federaciyasi raisi o'rinbosari Jamshid Fayziev, O'zDJTSU birinchi prorektori SHerzod Mirzanov, CHirchiq shahar IIB boshlig'i o'rinbosari, kapitan Bekmurod Badalov, Toshkent viloyati voleybol federaciyasi ijrochi direktori Davron Xalikovlar ishtirok etishdi. Marosimda so'z olganlar  mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish va ommaviylikni oshirishga alohida etibor qaratilayotganini alohida takidlab, jamoalarga omad tilashdi. SHundan so'ng musobaqaga start berildi. Ayni paytda 14 ta jamoa 4 ta guruhga bo'lingan holda kuch sinashishmoqda. Musobaqa 12 fevralga qadar davom etadi va g'olib jamoa joriy yilning 16-20 aprel kunlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'tkaziladigan Hamdo'stlik kubogida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing