So’nggi yangiliklar

15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0 14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0 13:44Фьюри фаолиятида саккизинчи маротаба нокдаун ҳолатига тушиб қолди 0 13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0 11:57Қозоғистонлик жангчи икки ўзбек ММАчисига "вызов" ташлади 0 11:36Олимпиада-2024 лицензианти Бекзод Абдураҳмонов Парижга бормаслиги мумкин 0 11:15"Байер" раҳбарияти футболчиларга чемпионлик узуклари тақдим этди + ФОТО 0 10:54Усик Тайсон Фьюрининг реванш ҳақидаги сўровига 4 та сўз билан жавоб берди 0 10:33Усик — Фьюри жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма + ФОТО 0

07 may 08:31
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tuman sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2011-2013 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlariga bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan 320 nafar yosh polvon belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishida o'z vazn toifalariga ko'ra g'oliblik uchun kurash tushishdi.  

CHempionatning birinchi kunida dastlab, musoboqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Unda so'z olgan CHiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Farhod Jumanov mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor xususida takidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng musobaqa reglamentiga muvofiq, o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik yo'nalishida 13, qizlar esa erkin yo'nalishda 9 ta vazn toifasida bellashuvlarga kirishdi.

Takidlash joiz, musobaqa murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Ayniqsa, qashqadaryolik kurashchi qizlar jamoasining chiqishlari muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. 

Jumladan, CHiroqchi sport maktabi murabbiyi Oloviddin Alhamovning shogirdlari Ruhshona Alhamova (52 kg.), Rayona Bahromjonova (40 kg.), murabbiy SHuhrat Orolovning shogirdi Sarvinoz Oltiboevalarning barcha raqiblarini tezkorlik bilan mag'lubiyatga uchratib, chempionlikni qo'lga kiritishi belbog'li kurash mutaxassislar tomonidan etirofga loyiq deb topildi. 

Barcha g'olib va sovrindorlar:

O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalishi): 

24 kg. Omadbek Odiljonov (Namangan)

27 kg. Muinjon Ahmadjonov (Andijon) 

30 kg. Isoxon Muhammadaliev (Namangan)

33 kg. SHerdor Rasuljonov (Namangan) 

36 kg. Lazizbek Jumanazarov (Farg'ona) 

40 kg. Yordonbek Muxtorjonov (Farg'ona) 

44 kg. Mustafo Abdumannonov (Farg'ona) 

48 kg. Firdavs Biloliddinov (Andijon) 

52 kg. Hamidullo Ahmadjonov (Andijon) 

56 kg. Muhammadsodiq Arslanbekov (Namangan) 

60 kg. Sirojiddin Rahmonov (Sirdaryo) 

65 kg. Abdulla Yuldoshev (Andijon) 

+65 kg. Muhammadaliy Akemniyazav (QQR) 

Qizlar (erkin yo'nalish): 

27 kg. Mushtariy Erkinova (Namangan) 

30 kg. Madina Jo'raeva (Qashqadaryo) 

33 kg. Dilnura Jabborova (Qashqadaryo) 

36 kg. Kibriyaxon Do'sqobilova (Qashqadaryo) 

40 kg. Sarvinoz Oltiboeva (Qashqadaryo) 

44 kg. Maftunaxon Begiboeva (Navoiy) 

48 kg. Gulyoraxon Odiljonova (Farg'ona) 

52 kg. Ruhshona Alhamova (Qashqadaryo) 

+52 kg. Mohira Ro'zimurodova (Qashqadaryo).

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish): 

24 kg. Muhammaddiyor Abdumannopov (Andijon) 

27 kg. Muhammadali Tursunov (Andijon) 

30 kg. Xurshid Hazratov (Navoiy)

33 kg. Daurxan Turinboev (QQR) 

36 kg. Zohid Samatov (Sirdaryo) 

40 kg. Boyazidxon Ahmadaliev (Farg'ona) 

44 kg. Jalol Hojiea (Buxoro)

52 kg. Bilolxo'ja Ibragimov (Qashqadaryo) 

56 kg. Asadbek CHo'liev (Qashqadaryo) 

60 kg. Qudratillo Onarboev (Andijon) 

65 kg. Ozodbek Qurbonov (Qashqadaryo) 

+65 kg. Beksultan Maxsetbaev (QQR). 

Musobaqada kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing