So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

21 iyu 16:11
Yangiliklar

Voleybol

CHiroqchida sport bellashuvlari o'tkazilmoqda

Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi bilan hamkorlikda voleybol bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqada o'nta jamoadan iborat bo'lgan 80 nafar qizlar ishtirok etdi. Murosasiz bahslarga boy bo'lgan bellashuvlarning yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda 1-bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

SHu kuni hamkorlik doirasida ushbu sport maktabida nafis sport turi sanalgan badiiy gimnastika bo'yicha ham bellashuvlar bo'lib o'tdi. Musobaqada 75 nafar qizlar ishtirok etib, bor mahoratlarini ishga solishdi. G'olib sportchi-qizlarga bellashuvlar tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

SHuningdek, “26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 20 iyun kuni mazkur sport maktabida dzyudo bo'yicha 2005-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar o'rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida BO'SM birinchiligi bo'lib o'tdi. 90 nafar yosh dzyudochilar ishtirok etgan birinchilikning yakunida g'olib va sovrindorlar 1-BO'SM hamda tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi tomonidan munosib taqdirlandi.

- Yozgi tatil mavsumi bo'lishiga qaramay, o'g'il-qizlarimizning bellashuvlarda ishtirok etish ishtiyoqi yuqori ekanligi quvonarli hol, - dedi 1-BO'SM direktori Farhod Jumanov. - Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosini taminlash maqsadida o'tkazilgan ushbu musobaqalar ham xotin-qizlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashishiga xizmat qilishi va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishida xizmat qilishi bor gap. Qolaversa, voleybol, dzyudo va badiiy gimnastika bo'yicha tuman terma jamoalariga munosib bo'lgan yoshlarni saralashda yana bir imkon bo'ldi. Sport turlari bo'yicha bellashuvlar davom etadi. 

Jahon Ergashev, Qashqadaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari 

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing