So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

21 iyu 17:39
Yangiliklar

Bolalar sporti

CHo'qlida yangi sport maktabi faoliyatini boshladi + FOTO

Xorazm viloyati SHovot tumanidagi “CHo'qli” qishlog'ining “Monoq” mahallasida 2-son bolalar-o'smirlar sport maktabi faoliyati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi “Sport-talim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori cport-talim muassasalaridan foydalanish darajasini va ularning faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishga jalb etishni kengaytirishga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalarni amalda bajarilishini taminlashga xizmat qilayotir.            

Xorazm viloyati SHovot tumanidagi “CHo'qli” qishlog'ining “Monoq” mahallasida yangi tashkil qilingan 2-son bolalar-o'smirlar sport maktabi yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar samarasi hisoblanadi.

Ilgari ushbu qishloqda tuman bolalar-o'smirlar sport maktabining filiali faoliyat yuritgan bo'lib, undagi sekciyalar soni bor-yo'g'i 5 ta – futbol, stol tennisi, voleybol, dzyudo va kurash turlaridan iborat edi. Bu ushbu hududda yashovchi o'g'il-qizlarning barchasini qamrab olishga, ayrimlarining o'zlari mehr qo'ygan sport turi bilan shug'ullanishga imkon bermasdi.

Yaqin kunlarda sport maktabida boshqa sport turlari bo'yicha ham sekciyalar ochiladi. Endilikda, ularning soni o'ndan oshadi. Mashg'ulotlardan tashqari, tez-tez musobaqalar o'tkazishga ham jiddiy yondoshiladi. Bundan ko'zlangan maqsad, tumanlar markazlaridan olisda joylashgan qishloq yoshlari orasida  jismoniy tarbiya va sport targ'ibotini keng quloch yoydirish, buning barobarida, sog'lom turmush tarzini shakllantirishdan iboratdir, - deydi Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i v.v.b Artik Palvanov.

Darhaqiqat, faoliyatini boshlagan 2-son BO'SM tuman markazidan biroz uzoqda joylashgan. Tabiiyki, bu chekka hududlarda yashovchi sport ixlosmandlarini juda quvontirmoqda. 

Zero, mahorat maskanining sport sekciyalari “CHo'qli” qishlog'idan tashqari, uning atrofidagi “O'zbekiston”, “CHig'atoyqala”, “Ijtimoiyat”, “Qangli” va “Hurriyat” qishloqlarida yashovchi sportsevar yoshlarning jismonan sog'lom ruhda  voyaga etishini taminlashi turgan gap.  

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi (SHovot, Xorazm)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing