So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

16 mar 09:29
Yangiliklar

Kurash

CHortoqda bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Bel olish kurash
Namangan viloyatining CHortoq tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafarga yaqin sportchilar o'z vazn toifalariga ko'ra, g'oliblik uchun bellashishmoqda.

CHempionat reglamentiga muvofiq, dastlab bel olish bo'yicha kuchlilar nomi aniqlandi. -44 kg.da Abror Rustamov (Surxondaryo), -48 kg.da Abduaziz Rustamov (Toshkent sh.), -52 kg.da Botirali Yoqubov (Farg'ona), -52 kg.da Sevinch Xabibullaeva (Andijon), +65 kg.da Ruxsorabegim Jo'raboeva (Farg'ona) kabi istedodli yosh sportchilar bel olish kurashning belgilangan yo'nalishlarida   barcha raqiblarini engib, oltin medal egalariga aylanishdi.

Bel olish kurashi bo'yicha bellashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. SHohsupadan joy olgan yosh polvonlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Musobaqa dasturiga ko'ra bugun 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il-qizlar uch kurash bo'yicha mamlakat chempionligi uchun bahslarga kirishadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing