So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

07 noy 19:58
Yangiliklar

Gimnastika, Tokio-2020

CHusovitina Tokio Olimpiadasiga tuzgan rejasi va faoliyatidagi yangiliklari bilan o'rtoqlashdi

O'tgan oy Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tgan sport gimnastikasi bo'yicha jahon chempionati afsonaviy sportchimiz Oksana CHusovitina uchun tarixiy musobaqa bo'lib qoldi.

Boisi ushbu turnir orqali hamyurtimiz o'z faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'ldi. Takidlash joiz, gimnastikachimiz bungacha ham o'z natijalari bilan hali faoliyatini yakunlamasdan turib “Ginnesning rekordlari” kitobi va “Xalqaro gimnastika shon-sharaf zali”ga o'z nomini yozdirib qo'ydi. Sportchimiz ayni paytda Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan bo'lsada, biz bilan suhbat uchun vaqt ajrata oldi. 

– Avvalo, sizni yana bir Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Bu mamlakatimiz sporti uchun ham juda katta yutuqdir. Tokio-2020 siz uchun sakkizinchi Olimpiada bo'ladi.
– Rahmat sizga, bu men uchun yoqimli. Tokioda men bor mahoratimni ishga solishga harakat qilaman.

– SHtutgartda qanday yo'nalish bo'yicha licenziya oldingiz?
– Licenziya qo'lga kiritish oson bo'lgani yo'q, albatta. Men musobaqada ko'p kurash yo'nalishi bo'yicha ko'rsatgan natijam evaziga yo'llanma oldim. Bundan tashqari tayanib sakrash bo'yicha ham yana bir mashqni tayyorlab kelgan edim. Afsuski, dastlabki chiqishni bajarayotib erga tushish paytida biroz muvozanatni yo'qotib qo'ydim va bu xato musobaqani oxirigacha davom ettira olishimga to'sqinlik qildi. Balki bu ham yaxshilikkadir. Har narsadan hikmat qidirish kerak.

– Endi Olimpiadaga qanday tayyorlanasiz? Mashg'ulotlaringiz qaerda bo'ladi?
– Olimpiadaga licenziya olib bo'ldim va endi shoshilmasdan tayyorlanishimdan xursandman. Endigi ishtirokimni yanvarda bo'ladigan Jahon kubogi bosqichlaridan boshlayman. Aynan ushbu musobaqalar tayyorlab qo'ygan murakkab elementlarimni Tokio Olimpiadasigacha sinab ko'rish va ularni shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi.

– Bu degani siz 2020 yil hisobidan Tokio Olimpiadasigacha bo'lgan musobaqalarda ishtirok etasiz . . .
– Yo'q, hammasida ham emas. Men asosan tiklanish mashg'ulotlariga etiborimni qarataman. Etarli kuch yig'ishim uchun orada oilam va yaxshi hordiq chiqarish uchun ham vaqt ajratish niyatidaman.

– Quyidagi savolimiz ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy: sakkizinchi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritishingiz elon qilinganidan so'ng nimalarni his qildingiz, qanday hayojon kechdi?
– Bilasizmi, so'nggi jahon chempionati butun faoliyatim davomidagi eng og'ir kechgan dunyo birinchiligi bo'ldi. Birgina kvalifikaciyaning o'zi ikki kun o'tdi va bu har qanday sportchi uchun nafaqat jismonan, balki ruhan katta qiyinchilik tug'diradi. Albatta, shuncha raqiblarim bilan kechgan raqobatda navbatdagi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olganimni eshitgach tasvirlab bera olmaydigan darajada xursand bo'ldim. Ammo musobaqaga tayyorlab kelgan rejalarimning barchasi ham amalga oshmay qoldi. Bu men ko'rsata olishim mumkin bo'lgan maksimal natija emas, deb o'ylayman.

– Umid qilamizki, siz jahon arenalarida hali ko'p bor zafar quchishga muvaffaq bo'lasiz. Tokio Olimpiadasida sizni qaysi yo'nalishda ko'ramiz?
– Tokioda to'sin va tayanib sakrash mashqlarida ishtirok etmoqchiman. Jahon chempionatidagi ko'pkurash menga licenziya olishim uchun kerak edi xolos. Albatta, baribir katta etiborni tayanib sakrash mashqiga qarataman. Asosiysi, Olimpiadagacha jarohatlarsiz etib borish.

– Siz zamonamizning eng yorqin sportchilaridan birisiz. Sizni g'alabalar sari nima ruhlantiradi? SHu haqidagi siringizni ayting.
– Men hamma qatori oddiy insonman. Hech qanday sir va aql bovar qilmas narsalarga ega joyim yo'q. Meni eng ko'p oilam va yaqinlarim ruhlantiradi. O'ylaymanki, inson uyiga kelganida uni doim qo'llab-quvvatlaydigan va ruhlantiradigan oilasini xursand ko'rgach hamma narsaga qodir bo'ladi. Hayotimda men uchun eng muhimi oilam.

– Galdagi savolni berish biroz alamli, lekin ko'pchilik uchun qiziq. Katta sportdan ketish haqida biror qarorga keldingizmi?
– Bu haqida yaqinda aytib o'tgan edim. Tokio Olimpiadasi men uchun so'nggi musobaqa bo'ladi. Ammo bu meni sport bilan shug'ullanmaydi degani emas. Hozirda bolalar uchun o'z sport klubimni ochish ishlari bilan bandman. Kelajakda gimnastikani Respublikamizning barcha viloyatlari bo'ylab yanada rivojlantirishga o'z xissamni qo'shmoqchiman.

– Sizga mustahkam sog'lik va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. CHin dildan ishonamizki, Tokio Olimpiadasi siz-u biz uchun eng yorqin xotiralar bilan yodda qoladi.
– Rahmat.

Reyting:    

Fikrlar

   
08 noy 11:31:38
ТМТ
БИР СЎЗ БИЛАН ҚОИЛ!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing