So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

21 sen 07:44
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Cuv polosi. Namanganda O'zbekiston chempionati boshlandi FOTOGALEREYA

Teglar :  Suv polosiNamangan
Namangan shahrida suv polosi bo'yicha mamlakat chempionati bahslariga start berildi.

Qariyib bir hafta davom etadigan mazkur musobaqada 8 ta erkaklar va 6 ta ayollar jamoalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Agarda ayollar jamoalari bir guruhda o'zaro kuch sinashsalar, erkaklar o'rtasidagi musobaqalar 2 ta guruhda olib boriladi.

Mamlakat chempionati bahslari ayollar o'rtasidagi uchrashuvlar bilan boshlandi. Dastlab suzish havzasiga Xorazm viloyati va Toshkent shahri jamoalari tushdilar. Poytaxtlik vaterpolchilarning to'liq ustunligida o'tgan o'yin yirik 29:1 hisobida Toshkent shahri jamoasining g'alabasi bilan yakun topdi.

Namangan shahri va Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoalari o'rtasidagi baxsda ham sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Namangan shahri jamoasining 22:1 hisobida qo'li baland keldi.

Namangan viloyat hamda Respublika suzish federaciyasi terma jamoalari o'rtasidagi baxs esa 16:0 hisobida mezbonlarning foydasiga hal bo'ldi.

Ayollar o'rtasidagi birinchi tur o'yinlari yakuniga etgach, O'zbekiston chempionatining ochilishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Haqiqiy bayramona ruhda tashkil etilgan ochilish tantanalarida so'zga chiqqanlar mamlakatimizda sportga, xususan suv polosiga Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan etibor, yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha to'xtalib, barcha ishtirokchi jamoalarga bo'lajak bellashuvlarda omad va zafarlar tilashdi.

O'zbekiston chempionatining ochilish marosimida Xalqaro va Evropa suzish federaciyalarining suv polosi bo'yicha texnik qo'mitalari azosi, Rossiya suzish federaciyasining birinchi vice-prezidenti, Olimpiya o'yinlari g'olibi Evgeniy SHaronov faxrli mehmon sifatida ishtirok etib, barcha jamoalarni musobaqalarni boshlanishi bilan qutladi.

Kunning ikkinchi yarmida erkaklar jamoalari o'rtasida dastlabki tur o'yinlari o'tkazildi. 

Dastlab, “A” guruhi vakillari Namangan viloyati hamda Respublika suzish federaciyasi jamoalari o'zaro kuch sinashdilar. Ushbu uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 16 ta gol kiritishdi va guruh peshqadami bo'lib oldilar. 

Ushbu guruhda bo'lib o'tgan ikkinchi uchrashuvda Respublika oliy sport mahorati maktabi jamoasi Farg'ona shahri jamoani 10:0 hisobida mag'lub etdi.

“V” guruhida o'tkazilgan uchrashuvlar “A” guruhida bo'lib o'tgan o'yinlarga qaraganda gollarga boy bo'ldi. Agarda dastlabki ikki uchrashuvda darvozalarga jami 26 ta to'p kiritilgan bo'lsa, “V” guruhidagi baxslarda 40 ta gol darvoza to'ridan joy egalladi.

Xususan, Toshkent shahri va Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoalari bahsi 16:7 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi. Namanganning “Yoshlik” va Namangan shahri jamoalari qarama-qarshiligida esa Namangan shahri jamoasining 16:1 hisobida qo'llari baland keldi.

Birinchi tur o'yinlari yakuniga etgach, shu erning o'zida matbuot anjumani  tashkil etildi. Unda O'zbekiston suzish federaciyasi rahbariyati va mamlakatimizda mehmon bo'lib turgan Evgeniy SHaronov jurnalistlarning qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha jamoa berdilar.

SHundan so'ng, rossiyalik mehmon mamlakatimiz sportchi va murabbiylariga mahorat saboqlarini o'tadi. 

SHu tariqa, suv polosi bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi kungi dasturdan o'rin olgan barcha musobaqa va tadbirlar yakuniga etdi. Eslatib o'tamiz, mamlakat chempionati baxslari 25 sentyabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing