So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

01 okt 17:28
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Dahshatli to'qnashuv: Tarixdagi eng buyuk janglardan biri - Maniladagi triller yoxud Ali - Freyzer jangiga 45 yil to'ldi

1975 yilning aynan shu sanasida dunyo tarixidagi eng buyuk janglardan biri Filippin poytaxti Manila shahrida bo'lib o'tgan.

O'sha kuni "Araneta Coliseum" arenasida afsonaviy bokschilar Muhammad Ali Jo Freyzer o'rtasidagi jang o'tkazilgan. Bu ular o'rtasidagi uchinchi hal qiluvchi jang bo'lgan. Unga qadar har ikki bokschi ham bir martadan hakamlar qaroriga ko'ra g'alabaga erishgandi. «Manila trilleri»ni Ali o'ylab topgan. U faqatgina uchtagina so'z aytadi — Manila, triller va gorilla. Gorilla deb raqibini kamsitib aytadi. U vaqtlarda aynan Ali so'z o'yinining haqiqiy ustasi bo'lgan. Aslida Ali va Freyzer avvallari yaqin do'st bo'lishgan, lekin... 

Ali birinchi jangga shartnoma imzolaganidan so'ng Jo tomon bir nechta qo'pol so'zlar yo'llaydi. U bir necha marta uning fuqaroligi ustidan kuldi, uni har tomonlama kamsitishga harakat qildi. Ha aynan Muhammad Ali shu ishlarni qilgan. Hattoki, ringga chiqish arafasida ham boks afsonasi tilini ushlab qolmaydi va yana bir necha marta raqibiga “shapat”dan soladi. Ammo ringga chiqishganidan so'ng bokschilarning ahvoli 180 foizga o'zgardi. Arena 30 daraja issiq, shuningdek, namlik ham juda yuqori edi. To'qnashuvning dastlabki ikki raundi boks qirolining ustunligida o'tdi. Ali raqibini iloji boricha masofada ushlashga intildi, unga bir nechta jeb zarbalarini yo'lladi. Ammo Jo asta-sekinlik bilan raqibiga borgan sari yaqinlashishga erishdi va Alining ritmni sekinlashtirdi. Oltinchi raundga kelganda Muhammad nokdaun holatiga tushib qolishga sal qoldi. SHu vaqtlar ichida ko'pchilik jang yakunlandi deb o'yladi, biroq Ali emas. U o'sha kuni zarbalar kuchiga qanchalik chidamli ekanligini yana bir bor ko'rsatib qo'ydi. SHu holatdan so'ng 7-10 raundlar oralig'ida Joda asta sekinlik bilan charchash alomatlari sezila boshladi. 

Raundlar tugagan sayin Joning ahvoli borgan sari og'irlashib bordi. O'n ikkinchi raundga kelganda esa uning og'zidan qon oqa boshladi. Ali bundan foydalanib og'iz qismiga bir nechta zarbalar yo'lladi. Jangning kulminacion nuqtasi o'n to'rtinchi raundda sodir bo'ldi. Bu raundda Ali deyarli «o'chib qolgan» raqibiga o'nlab dahshatli zarbalar yo'lladi, ammo Freyzer o'rnida turdi. Biroq o'n to'rtinchi raundning so'ngida hakam shifokorlarni chaqirdi, ular Jo jangni boshqa davom ettira olmasliklarini malum qilishdi. SHu tariqa, afsonaviy «Manila trilleri» o'n to'rtinchi raundda yakuniga etdi. Qizig'i, keyinchalik malum bo'lishicha, Ali ham o'n beshinchi raundga chiqa olmaydigan holga kelib qolgan, ammo birinchi bo'lib Freyzer tomondagilar «oq» bayroq ko'targanliklari sababli jangda boks afsonasi Muhammad Ali g'alaba qozonadi. Bu jang haqida Ali shunday eslaydi: «Bu jang xuddi o'limdek edi, men hech qachon o'limga bu darajada yaqin kelmaganman».


Jang yakunlangandan so'ng Joning ko'zlaridan yosh to'xtamaydi. Ali esa echinish xonasiga zo'rg'a etib boradi. Keyinchalik ham Jo va Ali uzoq vaqt davomida gaplashishmadi. 2011 yilda Freyzerning o'limga sanoqli kunlar qolganda Ali undan kechirim so'rashga erishadi. U o'sha vaqtlarda aytgan gaplaridan pushaymon ekanligini bir necha marta takidlaydi. XX asrning eng buyuk bokschisi 2016 yilda - Jo Freyzer o'limdan besh yil o'tib, bu yorug' olamni tark etadi.


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing