So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

17 iyu 08:01
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Dakar-2022 bekor qilinishi yuzasidan MOQda tezkor yig'ilish o'tkazildi

2022 yil Senegal poytaxti Dakar shahrida bo'lib o'tadigan to'rtinchi o'smirlar Olimpiya o'yinlarining bekor qilinishi va uning 2026 yilga ko'chirilishi sport hamjamiyati orasida bugun ko'plab muhokamalarga sabab bo'layotgan yangilik bo'lib turibdi.

Barcha mamlakatlar qatori O'zbekiston ham mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rayotgan edi. ZOOM platformasida ushbu mavzu yuzasidan tezkor yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov, MOQ prezidenti maslahatchilari va departament direktorlari qatnashdi.

Yig'ilishda kadetlar va o'smirlar jamoalarining tayyorgarligini aslo susaytirmaslik, ularga motivaciya berish, buning uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish kun tartibining asosiy masalasi bo'ldi. Zero, hali oldinda ushbu yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida o'tadigan Osiyo va jahon chempionatlari, ayniqsa, 2021 yil Xitoyning SHantau shahrida o'tadigan o'smirlar Osiyo o'yinlarining ham o'tkazilishi so'roq ostida turibdi.

Malumki, Dakar-2022 uchun tayyorlanayotgan avlod kattalar terma jamoasi uchun munosib zaxira, sportimiz, kelajagimiz ertasi hisoblanadi. SHu bois ham bu avlodni yaxshi sport formasida ushlab turish, ularni kelajakdagi xalqaro musobaqalarga tayyorlash va kuchli atlet qilib tarbiyalash oldinda turgan asosiy vazifalardan biriga aylanadi. Bugungi yig'ilishda bu borada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlod uchun turli musobaqalar tashkil qilish orqali ularni professional sportchi qilib tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar o'rtaga tashlandi.

Onlayn uchrashuv yakunida mazkur yo'nalish bo'yicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda barcha yo'nalishlarni qamrab oladigan “Yo'l xaritasi” ishlab chiqilishi kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing