So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

22 dek 15:11
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Dastin Poreda omadsizlik. Mag'lubiyat "Olmos"ni sindirib qo'ymaydimi?

Dastin Pore chempionlik jangida CHarlz Oliveyraga yutqazib qo'ydi.

Bugun sportchining bosib o'tgan yo'li va rejalari haqida fikr yuritamiz. 


Omadsiz Dastin

UFC engil vazn diviziyasida Dastin Pore sobiq chempion Xabib Nurmagomedov bilan jangda mag'lub bo'lganidan so'ng, qatorasiga 3ta jangda g'alaba qozondi. Ushbu janglarda unga oxirgi baxslarda mag'lubiyat alamini tortayotgan va hozirda yarimengil vazn diviziyasiga tushgan Den Huker va UFCning eng mashxur jangchisi, tarixda ilk bor 2 vazn jahon chempioni Konor MakGregor raqib bo'ldi. Biroq, birinchi raqamli davogar sifatida kamar uchun ayni vaqtdagi chempion Braziliya "bo'g'ma iloni" CHarlz Oliveyraga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu mag'lubiyat Dastinning engil vazn toifasi reytingidagi va P4P reytingidagi o'rniga jiddiy tasir o'tkazdi. Toifada Jastin Getjini 1 pog'ona o'tkazib yuborib, 2-o'ringa tushib qoldi. P4P da esa bir yo'la 3 pog'ona pastlab 8-o'ringa tushib ketdi. Agar u g'alaba qozonganda nimalar bo'lar edi? Ilk navbatda u toifaning yangi qiroliga aylanar va chempionlik kamariga ega chiqar edi. SHuningdek P4Pda ham ancha yuqorilashga erishardi. 




Porening keyingi rejalari qanday bo'lishi mumkin?

Muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Dastin Porening keyingi taqdiri hozircha aniq emas. Ko'plab manbalar Porening keyingi raqibi promoushen afsonasiga aylangan Neyt Diaz bo'lishi kutilmoqda deya xabar bermoqda. Lekin bu xabar hali tasdiqlanganicha yo'q. Dana Uayt qanday qaror qilishi ham qiziq. Haqiqatdan ham Uayt Pore-Diaz jangini uyushtirib beradimi yoki CHarlz Oliveyraga qarshi revansh bahsini tomosha qilamizmi? Keling, har ikkisi haqida ham bir fikr yuritamiz. Agar Neyt Diazga qarshi jang tashkillashtirilsa, bahs yarimo'rta vaznda bo'ladi. Har ikkisi ham so'nggi jangida mag'lubiyat alamini tortdi. Takidlab o'tganimizdek, Pore Oliveyraga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Neyt esa Leon Edvarsga yutqazib qo'ydi. 

CHarlzga qarshi revansh tashkillashtirilishi mumkinligining sababi, dastlab Oliveyraga qarshi chempionlik bahsida CHendler emas, aynan Pore haqliroq edi. Lekin u chempionlik jangini emas, balki Konor MakGregor bilan trilogiyani yakunlashni va katta gonorar evaziga xayriya qilishni tanladi. Dana Uayt uning bunday qarorini qo'llab-quvvatladi. Bu safar u qanday qarorga keladi? Dastinga imkon berilishi ehtimoli kam, ammo hammasini vaqt ko'rsatadi.

Saxovatpesha jangchi

Dastin Pore UFCdagi har bir jangidan tushadigan gonorarining malum kismini xayriyaga sarflaydi. Bunday oliyjanoblik ko'plab jangchilar, mutaxassislar va muxlislar tomonidan tahsiniga sazovor bo'ldi. Unga eng katta gonorar keltirgan jangi ham Konor MakGregorga qarshi kechgan trilogiyasi bo'ladi. Undan kelgan katta miqdordagi pul xayriyaga sarflandi. Xattoki, ushbu hislat engilmas Xabib Nurmagomedovni ham befarq qoldirmadi va u Dastinga kutilmagan taklif berdi. Taklifga ko'ra, Pore mag'lubiyatdan so'ng UFC bilan shartnomasini bekor qilishni istasa, Xabibga tegishli EFC promousheniga kelib jang qilishi va jangdan tushgan pulni ikkisi xayriyaga sarflashi mumkin. Aslida bu tanlov xam chakki emas, ammo Dastinning UFC dagi hal qilmagan ishlari juda ko'p. 

Akmal Eshboev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
23 dek 22:28:23
Muhammadamin
Ibroxim foydalanuvchining fikriga javob berish
Порье камарга лойик эмас.Стабил бир маромга эга жангчи эмас.
Sz loyqsz kamarga
   
23 dek 00:20:49
Ibroxim
Порье камарга лойик эмас.Стабил бир маромга эга жангчи эмас.
   
22 dek 17:52:25
CHELSEA2211
Pore kamarsiz yakunlasa ham ajablanmeman ...
   
22 dek 16:58:16
Mironsho_Jabborov
Akmal aka, Dastin Poirier juda katta extimol bn Diazga qarshi jang qiladi, bu toqnashuv Danaga ham qiziq chunki ikta super yulduzni ppv sidan otti kallasidek pul ishlaydi. Bilamizki "The Diamond" ga ham pul qiziqroq. Endi Brazilyalik 70kg qiroliga qarshi revanshga kelsak bu manimcha ehtimoldan ancha uzoq. Amerikalikni EFC bn shartnoma imzolashini esa tushimda ham tasovr qlomasam keragov. UFC lightweight 155p 70kg) ni taqdirichi? Manimcha Oliviera Maxachevni ham bugib qo'yadi agar mobodo Islam 26fevral kuni Beneilni maglub qiladigan bo'lsa ham. Dariushda 7win streak (galabali seria) bor, demak Maxachev boxar bolishi kerak. Bizda Kamarga arziydigan Justin Gaethje degan shovvoz ham bor. Agar Islam Beneil Dariushni ursa buyagiga kim Olivera bn urushishi juda juda qiziq. Justin yoki Islam? Kimni orqasi kuchli bolsa. Dana ushanga kamar un jangni brinchi beradi. Xullas hammasi 2022da sodr boladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing