So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

19 iyu 07:26
Yangiliklar

Karate

Dilnoza Bakirova: “Karatechilarimiz Osiyo chempionatiga tayyor”

Teglar :  KarateBakirovaOsiyo
19-21 iyul kunlari poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida karate (WKF) bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilishi haqida xabar bergandik.

Bu musobaqa bir vaqtning o'zida Tokio-2020 yozgi olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etishi bois unga qiziqish har qachongidan yuqori.

Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiluvchi atletlarimiz kuchaytirilgan rejim asosida mashg'ulotlar olib bormoqda. Xo'sh, sportchilarimiz bo'lajak musobaqaga qay darajada tayyor? Tokio-2020 yozgi olimpiadasiga borish uchun qaysi karatechilarimizda real imkoniyatlar mavjud? SHu va boshqa savollarga javob topish maqsadida O'zA muxbiri karate (WKF) bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Dilnoza Bakirova bilan suhbatlashdi.

- Ushbu Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tkaziladi. SHu sababli muxlislar bizdan eng yuqori natijalarni kutishlari aniq. Bu esa zimmamizga katta masuliyat yuklaydi. Buni to'g'ri anglagan holda terma jamoa azolari bilan bo'lajak musobaqaga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko'rdik. Bu tayyorgarlikning yakuniy bosqichi sanaladi. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik asnosida ikki bosqichdan iborat o'quv-mashg'ulotlar yig'inini tashkil etdik. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichida sportchilardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni eng yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilyapmiz. Hozirda terma jamoa azolari sport formasiga kirib olishgan hamda xato va kamchiliklari ustida jiddiy ishlamoqda. SHu bilan birga mashg'ulotlarda Osiyo chempionatidagi bo'lajak raqiblarni o'rganish, ularga qarshi qanday harakatlanish borasida va texnik-taktik tayyorgarliklarni oshirish ustida ham jiddiy ishlayapmiz. Va yana bir muhim jihat, sportchilarga g'oliblik ruhini singdirishga ham jiddiy etibor qaratilmoqda.

image_2019-07-16_11-35-43.png

- Musobaqa g'oliblari Tokio-2020 yozgi olimpiadasi uchun qancha reyting ochkosiga ega bo'ladi?

- Malumki, karate bo'yicha jahon chempionati bahslarida erkaklar va ayollar 5 tadan vazn toifasida g'oliblik uchun tatamiga chiqishadi. SHuningdek, bittadan kata bahslari ham bor. Olimpiya o'yinlari dasturiga esa 3 tadan vazn toifasi kirgan. O'sha vazn toifalarida dastlabki to'rt o'rinni egallagan sportchilar muddatidan oldin Tokio olimpiadasiga yo'llanmalarni qo'lga kiritadi. Bu 2020 yilda aniq bo'ladi. Bungacha oldimizda yana sakkizta musobaqa bor, qaysiki Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolari taqdim etadigan. Sportchilarimiz yil boshidan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun reyting ochkolarini jamg'arib kelmoqda. Aytib o'tganimdek, oldinda yana sakkizta licenzion musobaqa bor, Osiyo chempionati esa shular orasida eng katta reyting ochkolarini beruvchi turnir hisoblanadi. Jumladan, Toshkentda o'tadigan qita chempionati g'oliblari 930 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Misol uchun, terma jamoamizning etakchi sportchisi Sadriddin Saymatov hozirda Olimpiya reytingida kuchli sakkiztalikda turgan bo'lsa, agar Osiyo chempionatida g'olib chiqsa, bunga ishonaman, kuchli to'rttalikka juda yaqinlashib oladi. Bu esa sportchimizga qo'shimcha kuch bag'ishlab, u oldinda turgan musobaqalarda ham munosib ishtirok etgan holda kuchli to'rttalikka kirishi va muddatidan avval Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishi mumkin.

- Ayni paytda terma jamoa azolari orasida kimlar Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega?

- O'zbekistonlik karatechilar orasida XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritish uchun real imkoniyatga ega sportchilar – bu Sadriddin Saymatov hamda Doston Otabolaev. Saymatov Osiyo chempionatida 60 kg.gacha vazn toifasida ishtirok etadi, Olimpiya o'yinlarida esa 67 kg.gacha vazn toifasida tatamiga chiqadi. Doston esa 75 kg.gacha vazn toifasida ishtirok etib keladi va Tokioda ham xuddi shu vazn toifasida o'z omadini sinab ko'radi. SHu ikki sportchimizning Olimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olishini kutib turibmiz. Qolgan sportchilarimiz uchun esa kvalifikacion, yani o'tish turniri bo'ladi. Unga istalgan sportchi tusholmaydi, kvalifikacion turnirda qatnashish uchun dunyo reytingida kuchli elliktalikdan joy olgan bo'lishi kerak. SHu bois qolgan sportchilarimizni mana shu turnir orqali Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishidan umidvormiz va shunga astoydil harakat qilyapmiz. SHu o'rinda takidlash joiz, Olimpiya o'yinlarining karate yo'nalishida har bitta vazn toifasida 10 nafardan sportchi ishtirok etadi. Boya aytib o'tganimdek, Olimpiya reytingida dastlabki to'rtta o'rinni olgan atletlar to'g'ridan-to'g'ri Tokio-2020 yozgi olimpiadasiga yo'llanma oladi. Bitta yo'llanma esa yaponiyalik sportchiga beriladi, mezbon sifatida. So'ngra 2020 yili Parijda bo'ladigan kvalifikacion turnirda dastlabki uchta o'rinni egallagan sportchilar ham Olimpiya yo'llanmalariga ega chiqadi. Qolgan ikkita yo'llanma esa Butunjahon karate federaciyasi tomonidan qitalararo bo'lib beriladi.

image_2019-07-13_18-45-45.png

- Osiyo chempionatidagi maqsadlaringiz?

- Maqsad aniq – Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun kerakli reyting ochkolarini jamg'arish, oltin medallarni qo'lga kiritgan holda vatanimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarish. Buning uchun jamoamiz to'liq tayyor, deb hisoblayman.

SHu o'rinda takidlash kerak, Toshkentdagi Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini 11 nafar sportchimiz himoya qiladi. Nega, deb ajablanishingiz mumkin. Gap shundaki, karate bo'yicha jahon chempionatlarida erkaklar va ayollar beshtadan vazn toifasida g'oliblik uchun tatamiga chiqishsa, Osiyo chempionatida erkaklar oltita vaznda o'z omadini sinab ko'radi.

Bundan tashqari, qita chempionatining kata yo'nalishidagi bahslarida erkaklar va ayollar yakkalik hamda jamoaviy yo'nalishda tatamiga chiqadi. Nihoyat musobaqa dasturidan jamoaviy kumite bahslari ham o'rin olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing