So’nggi yangiliklar

10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0

24 iyu 08:19
Yangiliklar

Karate

Dilnoza Bakirova: “Tokio Olimpiadasiga kamida ikkita licenziyani qo'lga kiritamiz!”

Butunjahon karate federaciyasi (WKF) Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun yangilangan saralash tizimi haqida malumot berdi.

Olimpiya o'yinlari kelgusi yilning yoziga qoldirilganligi tufayli Olimpiya reytingidagi o'rinlar uchun kurash davom etmoqda va saralash davri 2021 yoziga qadar uzaytirildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli deyarli barcha xalqaro va mahalliy sport musobaqalari nomalum muddatga qoldirildi, ayrimlari esa umuman bekor qilindi. Bu kabi noaniqliklar karate bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoa azolarini Tokio Olimpiadasiga tayyorlash bo'yicha rejalariga ham o'z tasiri ko'rsatdi.

Yurtimizda joriy etilgan karantin talablaridan kelib chiqib bugungi kunda terma jamoa azolari bilan barcha mashg'ulotlar onlayn tarzda olib borilmoqda. Ushbu mashg'ulotlar qanchalik samarali tashkil etilayotganligini hamda sportchilarni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil malumot olish uchun biz Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Dilnoza Bakirova bilan suhbatlashdik. Quyida mazkur intervyuni etiboringizga havola etamiz.

– Aytingchi, hozirgi nostandart vaziyatda karatechilarning sport formalarini saqlab turishlari va barqaror ruhiy holatda bo'lishlari uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
– Xabaringiz bor, bugungi kunda COVID-19 pandemiyasi hayotimizning deyarli barcha jabhalariga o'z tasirini ko'rsatmoqda. Xususan sport sohasi va u bilan bog'liq barcha mahalliy va xalqaro turnirlar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlari ham bekor qilindi, ayrimlari esa boshqa muddatga ko'chirildi. Biz ushbu sharoitga moslishib ulgurdik va vaziyatdan kelib chiqib terma jamoamiz azolari bilan mashg'ulotlarni onlayn o'tkazmoqdamiz.

Xususan, yakshanbadan tashqari har kuni, kunning birinchi yarmida sportchilarimiz o'zlari individual tarzda shug'ullanishmoqda, kunning ikkinchi yarmida esa ZOOM platformasi orqali eronlik mutaxassis, terma jamoamiz murabbiyi SHahab Sultani ishtirokida mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Takidlash joiz, ushbu onlayn mashg'ulotlarda Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston karate milliy federaciyasi raisi Alamjon Mullaev, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirok etib, o'zlarining ko'rsatma va tavsiyalarini berib kelishmoqda.
SHuningdek, ushbu mashg'ulotlarda, federaciya sport shifokori, psixologi va dietologi ishtirok etib, sportchilarga karantin paytida uy sharoitida o'zlari va oila azolarining salomatligini saqlash bo'yicha yo'riqnomalar o'tkazishyapti. Bundan tashqari, sportchilarga to'g'ri ovqatlanish hamda psixologik holatlariga ko'ra muntazam ravishda tegishli ko'rsatmalar berib borishmoqda.

Hozirgi karantin davrida sportchilarimizning ruhiy holati biz uchun juda muhim, shuning uchun ularning ruhiy salomatligini saqlash bo'yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yaqinda federaciyamizning sport psixologi Kamola Atabekova tomonidan terma jamoa sportchilari bilan “Pandemiya davrida sportchilarning ruhiy salomatligini saqlash” mavzusida vebinar tashkil qilindi. Unda atletlarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar. Mashg'ulot so'ngida Kamola Atabekova tomonidan sportchilarimizga zarur bo'lgan tavsiya va takliflar berildi. Terma jamoa azolarining ruhiy holati ijobiy baholandi. Bundan tashqari, psixologimiz tomonidan muntazam ravishda sportchilar bilan telefon va telegram orqali individual suhbatlar olib borilmoqda. 

– Sportchilarimizda Tokio Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyatlari qanday?
– Xabaringiz bor, joriy yilning may oyida Parijda kvalifikacion turnir o'tkazilishi kerak edi, biroq pandemiya sabab iyun oyiga qoldirilgandi. Vaziyat beqarorligi tufayli ushbu turnir 2021 yilning yoziga ko'chirildi. Endilikda biz asosiy kuchni ushbu yakuniy turnirga qaratamiz.

Umuman olganda, Olimpiya o'yinlarida karatening “kumite” yo'nalishi bo'yicha 6ta vazn toifasi va “kata” yo'nalishida 2 nafar sportchi o'zaro bahslashadilar.

Bugungi kunda 6 sportchimiz “kumite” va 2 tasi “kata” yo'nalishlarida terma jamoa tarkibida Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rib kelishmoqda. Raqobat kuchliligiga qaramay sportchilarmizdan umidimiz katta va o'ylaymanki, bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga kamida 2 ta licenziyani qo'lga kiritamiz.

Xudo xohlasa, pandemiya tez orada bartaraf etiladi va sportchilarimiz bilan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'rnatilgan tartibda o'tkazish barobarida oldimizga qo'yilgan maqsadga erishamiz.

– Karantin davrida tashkil etilgan onlayn musobaqalar haqida to'xtalib o'tsangiz.
– Karantin davrida sportchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O'zbekiston karate milliy federaciyasi Milliy Olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda karatening “kata” yo'nalishi bo'yicha 3 ta onlayn musobaqa o'tkazdi.

Takidlash joizki, bu kabi musobaqalar yosh karatechilarimizning uy sharoitida sport bilan muntazam shug'ullanishini tashkil etishda muhim o'rin tutadi.
Onlayn “kata” musobaqalarida g'olib va sovrindor bo'lgan ishtirokchilar o'rnatilgan tartibda tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Bugungi kunda, yurtimizda karantin davrining davom etayotganini hisobga olib, federaciyamiz yosh sportchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun karatening “kata” yo'nalishi bo'yicha onlayn O'zbekiston chempionati tashkil etmoqda.

Xususan, ushbu musobaqaning tuman (shahar) bosqichi 25 iyul kuni, 15 avgust kuni viloyat bosqichi va 29 avgust kuni esa respublika bosqichi bo'lib o'tadi. 7-10, 11-14, 15-18 yosh oralig'ida tashkil qilinayotgan mazkur musobaqa sovrin jamg'armasiga ham ega bo'lib, bu karantin vaqtida bellashuvlarni qumsagan yosh sportchilar uchun katta motivaciya bo'lishi, qolaversa, turnirga bo'lgan qiziqishning yana bir karra ortishiga sabab bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing