So’nggi yangiliklar

19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0

01 noy 23:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Dilshodbek Ro'zmetov: "Rufat Risqiev kubogi" uchun ham kurashaman"

Kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida saralash bahslari davom etmoqda.

-81 kg vazn toifasida jahon chempionati finalchisi, O'zbekiston chempionatida "Dinamo sport jamiyati" sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro'zmetov ilk jangini buxorolik Abdukarim Farmonovni o'tkazib g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

Jangdan so'ng sportchimiz o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Sportchida birinchi navbatda ishonch bo'lishi kerak. Jahon chempionati sovrindori bo'lsamda, mamlakat birinchiligida ham qatnashib tajribamni oshirishim zarur. O'z vaznimda Kozimbek Mardonovni asosiy raqib deb hisoblayman. "Rufat Risqiev kubogi" uchun ham kurash olib boraman.  Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Halakovni kubok uchun favoritlar safida peshqadam deb bilaman. Abdumalikning texnikasi juda kuchli, ringda engil va xotirjam harakat qiladi. Menda esa jangda hayajonlanib o'zimni yo'qotib qo'yish holatlari bo'ladi. SHunda murabbiylarimning ko'rsatmalari bor diqqat-etiborimni raqibimga qaratishga yordam beradi"-dedi Dilshodbek Ro'zmetov.

Eslatib o'tamiz, 2019 yildan boshlab O'zbekiston boks federaciyasi tashabbusi bilan kattalar o'rtasidagi mamlakat chempionatining eng yaxshi bokschisiga "Rufat Risqiev kubogi" topshiriladi. 

Sarvinoz Raxmonqulova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing