04 noy 21:50
Yangiliklar
Diyorada oltin, Sitada bronza. O'zbekiston nechanchi o'rinda? (FOTO)
Quvonarlisi, bugungi bellashuvlar O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyora Keldiyorova finalda mo'g'ulistonlik Sosorbaram Lhagvasurenni mag'lubiyatga uchratib, Boku "Katta Dubulg'a" turniri oltin medali hamda qimmatli 1000 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Diyora 1/2 finalda Olimpiya o'yinlari sovrindori, italiyalik Odette Gyuffridani qo'shimcha daqiqalardagi vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Bugungi 1000 reyting ochkosining teng yarmi Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo'shiladi.
Ushbu vazndagi ikkinchi dzyudochimiz Sita Kadambaeva esa polshalik Aleksandra Kaletani ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratib, Boku "Katta Dubulg'a" turnirining bronza medali va 500 reyting ochkosini rasmiylashtirdi.
Afsuski, -60 kg vaznda tatamiga chiqqan Kemran Nurillaev bronza medali uchun kechgan murosasiz bellashuvda mo'g'ulistonlik Tsogt-Ochir Byambajavga yutqazib qo'ydi. Beshinchi o'rin bilan kifoyalangan Nurillaev 360 reyting ochkosiga ega bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi birinchi kungi bahslar yakuniga ko'ra 1 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan 61 davlat orasida 2-o'rinni egallab turibdi. Bizdan bitta ko'p bronza medali jamg'argan Ozarbayjon terma jamoasi peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.
Birinchi kungi bellashuvlarda Franciya, Moldova va Kanada terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Fikrlar