So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

05 may 13:02
Yangiliklar

Dzyudo

Dohada IJF Kongressi o'tkazildi. Liza Allan tashkilotning yangi Bosh kotibi!

Teglar :  IJFQatarO'zbekiston
Qatar poytaxti Doha shahrida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning Kongressi bo'lib o'tdi.

Har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan tadbirda IJFga azo barcha davlat delegaciyalari vakillari ishtirok etishdi. Ular qatorida O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Aziz Sobirov va xalqaro bo'lim etakchi mutaxassisi Olimxon Mahmudmurodov ham bor edi. 

Kongressda so'nggi ikki yil davomida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Moliyaviy hisobot topshirildi. Keyingi ikki yil uchun mo'ljallangan rejalarga to'xtalib o'tildi. Bundan tashqari, tashkilot bosh kotibi va bosh g'aznachisi lavozimlariga saylovlar ham bo'lib o'tdi.

Uzoq yillar IJF bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan franciyalik Jan-Lyuk Rujening o'rniga doktor Liza Allan delegatlar tomonidan bir ovozdan tashkilotning yangi bosh kotibi etib saylandi. Ruje IJF Ijroiya qo'mitasidagi faoliyatini davom ettiradi.   

"Nomzodimni qo'llab-quvvatlaganlar va menga ishonch bildirganlardan minnatdorman. Bu ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilaman", - dedi Allan xonim.  

Kongress davomida Naser Al Tamimi tashkilot bosh g'aznachisi etib qayta saylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing