So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

19 apr 08:23
Yangiliklar

Engil atletika

Duatlon bo'yicha O'zbekiston kubogi professional va havaskorlarni o'zida jamladi

Poytaxtimizning markaziy ko'chalaridan birida duatlon bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Unda havaskor va professional sportchilar o'zaro bahs olib borishdi.

Yurtimizda ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish yo'lida tashkil etilayotgan mazkur musobaqa bir qator yosh toifalarida havaskor va professional sportchilar ishtirokida o'tkazildi. Hozirda suzish bellashuvlarini o'tkazish sportchilarning salomatligi uchun biroz xavfli bo'lgani uchun atletlar yugurish va velopoyga bo'yicha kuch sinashishdi.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi. Tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov va Bosh kotib Oybek Kasimov ishtirok etib, mamlakatimizda sport targ'iboti yo'lida o'z hissasini qo'shib kelayotgan barcha qatnashchilarga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

Yakunda musobaqa g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlanishdi. Takidlash joiz, bu kabi musobaqalarning tashkil etilishi yoshlarning sportga bo'lgan qiziqish va mehrlarini yanada ko'paytirish yo'lida muhim ahamiyatga ega.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing