So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

18 fev 20:24
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. O'tkirbek To'raboev Bokudagi "Katta Dubulg'a"ni beshinchi o'rinda yakunladi

Teglar :  Dzyudo
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.

Bugun kun davomida 7 nafar sportchimiz musobaqada ishtirok etdi. 

Uchinchi kun yakuniga ko'ra hamyurtlarimiz ichida eng yaxshi natijani +100 kg vaznli O'tkirbek To'raboev qayd etdi. U musobaqani 5-o'rinda yakunladi. 

Eslatib o'tamiz, bungacha terma jamoamiz azolaridan Diyora Keldiyorova oltin, Halimajon Qurbonova va Doston Ro'ziev bronza medalini qo'lga kiritgandi. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi mazkur turnirni 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. 


O'zbekistonlik dzyudochilar qayd etayotgan natijalar bilan ushbu sahifa orqali onlayn tarzda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi:

+100 kg vaznli O'tkirbek To'raboev bronza uchun bahsda niderlandiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. 


+100 kg vaznli O'tkirbek To'raboev yarim finalda rossiyalik Valeriy Endovickiyga qarshi kurashdi va afsuski imkoniyatni boy berdi. Endi u bronza medali uchun niderlandiyalik Yur Spiykersga qarshi bahs olib boradi. 


+100 kg vazn toifasida O'tkirbek To'raboev sloveniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi!


-100 kg vazn toifasida Rustam SHorahmatov polshalik raqibga yutqazdi. 


+100 kg vaznli O'tkirbek To'raboev ikkinchi jangida vengriyalik raqibdan ustun keldi!


+78 kg vaznli Rinata Ilmatova qozog'istonlik raqibasiga mag'lub bo'ldi. 


-100 kg vaznli Ernazar Sarsenbaev kanadalik raqibga imkoniyatni boy berdi. 


-100 kg vazn toifasida Rustam SHorahmatov moldovalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. 


-90 kg vaznli SHahzodxo'ja SHaripov niderlandiyalik jahon chempioniga mag'lub bo'ldi. 


-78 kg vazn toifasidagi Irisxon Qurbonboeva ikkinchi jangida sloveniyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


+78 kg vaznli Rinata Ilmatova qirg'izistonlik raqibasidan ustun keldi. 


+78 kg vaznli Fotima Quramboeva afsuski qozog'istonlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. 


+100 kg vazn toifasida O'tkirbek To'raboev monakolik raqibidan muddatidan oldin mag'lub etdi.


-78 kg vaznli Irisxon Qurbonboeva ilk bosqichda latviyalik raqibasini mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi. 


Bugun musobaqada kurashadigan sportchilarimiz va ularning ilk raqiblari: 

-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov - Van Noel (Niderlandiya)

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Kayl Reyes (Kanada)

-100 kg: Rustam SHorahmatov - Luri Mokanu (Ruminiya)

+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Marvin Gadeu (Monako)

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Una Dolgilevica (Latviya)

+78 kg: Rinata Ilmatova - Akmarjan Turdajieva (Qirg'iziston)

+78 kg: Fotima Quramboeva - Karina Takieva (Qozog'iston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing