So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

27 jan 23:28
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Portugaliyadagi Gran-prining ikkinchi kunini bitta medal bilan yakunladik

Teglar :  Dzyudo
Portugaliyada dzyudo bo'yicha Odivelash Gran-prisining ikkinchi kun bahslari yakunlandi.

Kun davomida 6 nafar hamyurtimiz bahslarda qatnashadi. 

Kun yakuniga ko'ra, -70 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Gulnoza Matniyozova finalgacha etib bordi va yakunda kumush medal egasiga aylandi. Nurbek Murtazoev va Obidxon No'monov 5-o'rin bilan kifoyalandi. 




Ushbu sahifa orqali hamyurtlarimizning natijalaridan boxabar bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi. 


-81 kg vaznli Nurbek Murtazoev bronza uchun bahsda ozarbayjonlik dzyudochiga yutqazdi. 5-o'rin...


-70 kg: Gulnoza Matniyozova finalda xorvatiyalik raqibasiga mag'lub bo'ldi. KUMUSH!


-73 kg vaznli Obidxon No'monov bronza medali uchun bahsda rossiyalik neytral sportchiga qarshi kurashdi va imkoniyatni boy berdi. 5-o'rin!


Kechki dastur:

-73 kg: Obidxon No'monov - Mahmudbek Mahmadbekov (neytral sportchi) - bronza uchun (22:20 dan so'ng)

-70 kg: Gulnoza Matniyozova - Barbara Matich (Xorvatiya) - final (22:45 dan so'ng)

-81 kg: Nurbek Murtazoev - Said Mullai (Ozarbayjon) - bronza uchun (22:55 dan so'ng)



-70 kg vaznli Gulnoza Matniyozova yarim finalda avstraliyalik raqibasini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!


-73 kg vazn toifasida Obidxon No'monov rossiyalik raqibga mag'lub bo'ldi. Qayd etish lozimki, dzyudochilar Golden Score'da 8 daqiqa 47 soniya kurashishdi. Endi vakilimiz bronza medali uchun bahs olib boradi. 


-81 kg: Nurbek Murtazoev yarim finalda turkiyalik raqibga imkoniyatni boy berdi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.


-70 kg: Gulnoza Matniyozova ham yarim finalda! U chorak finalda franciyalik raqibasini ippon evaziga mag'lub etdi!


-73 kg vaznli Obidxon No'monov chorak finalda SHimoliy Koreya vakilidan ustun keldi! Yarim final!


-81 kg vazn toifasida Nurbek Murtazoev shveycariyalik dzyudochini yutdi va yarim finalga yo'l oldi!


-73 kg vaznli Obidxon No'monovda ham g'alaba! U Golden Score'da koreyalik raqibini mag'lub etdi!


-81 kg vazn toifasida Nurbek Murtazoev italiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, to'rtinchi bosqichga yo'l oldi!


-70 kg: Gulnoza Matniyozova avstriyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi va uchinchi davraga yo'l oldi. 


-63 kg vazn toifasida Sevinch Isoqova afsuski britaniyalik sportchiga imkonityani boy berdi.


-81 kg vaznli Nurbek Murtazoev ikkinchi bosqichda rossiyalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi!


-73 kg: Obidxon No'monov ispaniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi. 


-70 kg: SHohista Nazarova niderlandiyalik dzyudochiga yutqazib qo'ydi.


-70 kg: Gulnoza Matniyozova mo'g'ulistonlik raqibasidan ustun keldi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi. 


-81 kg vazn toifasida SHarofiddin Boltaboev ilk bosqichda italiyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


BOSHLADIK: -81 kg vazn toifasida Nurbek Murtazoev ilk bosqichda yamaykalik raqibini mag'lub etdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi!


Bugun musobaqada ishtirok etadigan hamyurtlarimiz ro'yxati: 

-73 kg: Obidxon No'monov

-81 kg: Nurbek Murtazoev

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev


-63 kg: Sevinch Isoqova

-70 kg: SHohista Nazarova

-70 kg: Gulnoza Matniyozova.

Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan bahslarda Dilshod Baratov va Diyora Keldiyorova oltin medal qo'lga kiritgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing