So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

25 mar 11:23
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz Bremen Masters turnirida 3 ta medal qo'lga kiritishdi, 1 tasi oltin + FOTO

23-24 mart kunlari Germaniyada dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasida ananaviy Bremen Masters turniri bo'lib o'tdi.

Deyarli 40 yildan beri o'tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli musobaqada Yaponiya, Braziliya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Finlyandiya, Germaniya, O'zbekiston kabi jami 25 davlatdan 600 nafardan ziyod yosh dzyudochilar tatamiga chiqdi. O'z vaqtida mazkur turnirda Xifume Abe, Naoxisa Takato, Takanori Nagase, Aaron Volf, Lukash Krpalek, Diyorbek O'razboev singari Olimpiada chempioni va sovrindorlari g'olib bo'lgan.  

Bu yilgi musobaqada Iskandar Rasulov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi ikki kun davomidagi murosasiz bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qildi. Yakunda ularning uch nafari shohsupaga ko'tarildi. 

Darvoqe, dzyudochilik paytida Bremen turnirida chempion bo'lgan Diyorbek O'razboevning aynan shu musobaqadan murabbiylik faoliyati boshlandi. Rio Olimpiadasi sovrindoriga murabbiylik faoliyatida ham omad tilaymiz. 

-81 kg vaznda kurashgan Mardon Ravshanov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, musobaqa oltin medalini qo'lga kiritdi. Ravshanov 1/2 finalda yaponiyalik Suzukidan, finalda esa braziliyalik Luan Almeydadan ustun keldi. Hamyurtimiz saralash bahslarida Braziliya, Finlyandiya va ikki germaniyalik raqiblarini mag'lubiyatga uchrata oldi.  

-90 kg vazn toifasi finalida tatamiga chiqqan Alisher Samanov ozarbayjonlik Aslan Kocoevga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. -73 kg vazndagi dzyudochimiz Hojiakbar Toshev esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Musobaqa yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi. Katta tarkib bilan ishtirok etgan Ozarbayjon terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari - yaponiyaliklar 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rindan joy olishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing