So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

28 sen 14:12
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz Osiyo o'yinlaridagi o'z rekordlarini yangilashdi: o'zbek dzyudosi tarixida yangi sahifa ochgan - Xanchjou-2022!

Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilgan XIX Osiyo o'yinlarining dzyudo bahslari o'z nihoyasiga etdi.

Quvonarli jihati, o'zbekistonlik dzyudochilar mazkur musobaqada har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O'zbekiston dzyudosi tarixida yangi sahifa ochishdi. Xanchjoudagi turnir O'zbekiston dzyudosi uchun eng muvaffaqiyatli Osiyo o'yinlariga aylandi. 


O'zbekiston mustaqil ravishda 1994 yildan beri Osiyo o'yinlarida ishtirok etib keladi. Xirosimada bo'lib o'tgan musobaqada o'zbekistonlik dzyudochilar 2 ta (ikkisi ham bronza) medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 8-o'rinni egallashgan.  

-1998 yil Bangkok shahridagi bahslarda 3 ta (1 ta kumush, 2 ta bronza) medal bilan 8-o'rinni band etishgan.  

-2002 yil Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o'tkazilgan o'yinlarda 4 ta (1 ta kumush, 3 ta bronza) medal bilan 7-o'rin egallangan. 

-2006 yil Qatar poytaxti Doha mezbonlik qilgan musobaqada 4 ta (hammasi bronza) medalga sazovor bo'lib, 8-o'rin band etilgan. 

-2010 yil Guanchjouda bo'lgan turnirda 7 ta (1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) medalga ega chiqib, o'yinlarni 4-o'rinda yakunlaganmiz. O'shanda Rishod Sobirov o'zbekistonlik dzyudochilar ichida ilk bor Osiyo o'yinlaridagi oltin medalni qo'lga kiritgan edi.

-2014 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tgan kompleks musobaqada 5 ta (1 ta kumush, 4 ta bronza) medalga erishib, 6-o'rin egallangan. 

-2018 yil Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan o'yinlarda 4 ta (1 ta oltin, 3 ta bronza) medal bilan 4-o'rinni egallagan. 

Xanchjoudagi o'yinlarda esa yurtdoshlarimiz jami 9 ta medalni o'ziniki qildi. Bulardan 3 tasi oltin, 2 tasi kumush va 4 tasi bronza medallaridir. Ushbu ko'rsatkich bilan O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish reytingida faqatgina dzyudo vatani sanalmish Yaponiyadan orta qoldi. “Kunchiqar yurt” vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 medal bilan reytingda birinchi bo'ldi. 


Turnirda medal qo'lga kiritgan dzyudochilarimiz ro'yxati: 

Oltin: 

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev

-52 kg: Diyora Keldiyorova 


Kumush: 

-90 kg: Davlat Bobonov

Miks bo'yicha terma jamoamiz 


Bronza: 

+100 kg: Alisher Yusupov

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-70 kg: Gulnoza Matniyozova

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva.


Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida dzyudo bo'yicha medallar jamg'arish reytingi: 


Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
28 sen 14:19:39
Bulent Ersoy
Faqat 3 medalni boy berdik Qozoqlarga agar 3 bronzaniyam olganimizda medal jamg'arish buyicha 1 bulardik
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing