So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

13 apr 18:50
Yangiliklar

Boshqalar

Ektor Kuper, Ravshan Ermatov va boshqalar. TDIUda sport festivali tashkil etildi

Teglar :  FestivalTDIU
Bugun Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida yoshlar sport festivali bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, TDIU bilan hamkorlikda tashkil etilib, yoshlarni sportga keng jalb etish va ommaviy sportni talabalar orasida targ'ib qilish bosh g'oya sifatida olib chiqildi.

Tantanali tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, oliy va o'rta maxsus talim vaziri Inomjon Majidov, TDIU rahbariyati, yulduz sportchilarimiz, OAV vakillari va minglab talabalar ishtirok etishdi.

Takidlash joiz, TDIUda turli yillarda Dmitriy SHokin, Rishod Sobirov, Abdullo Tangriev, Mirjalol Qosimov, Iroda To'laganova, Svetlana Radzivil, Islom To'xtaxo'jaev kabi ko'plab xalqaro musobaqalar, jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan atletlarimiz taxsil olishgan. Tadbirning ochilish marosimida so'zga chiqqan Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham bu jihatga alohida urg'u berib o'tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'zbek sportida o'z o'rniga ega. Ushbu oliy o'quv-yurtining talabalari sportsevar. Universitet rahbariyati yoshlar sport festivalini o'tkazish borasida tashabbus bilan chiqishganida, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bu taklifni qo'llab-quvvatladi. Muxtaram yurtboshimiz ham yoshlar orasida sportni rivojlantirish, ularni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb etish masalasida oldimizga aniq maqsad va vazifalarni belgilab berganlar. SHunday ekan, kelajakda bu sport tadbirini kengaytirib, uni o'tkazishni ananaviy tarzda yo'lga qo'yamiz”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Mazkur festival mini-futbol, stol tennisi, boks va shaxmat sport turlari bo'yicha tashkil etildi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi. SHuningdek, tadbirda futbol bo'yicha ayollar olimpiya terma jamoasi, Olimpiya o'yinlari va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev, boks bo'yicha jahon chempioni va Olimpiya o'yinlari sovrindori O'tkirbek Haydarov, Osiyo o'yinlari g'olibi Bekzod Xidirov, professional boks bo'yicha “WBS Silver” kamar sohibi Qudratillo Abduqahhorov, stol tennisi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Saida Mahmudova kabi sportimiz yulduzlarining ishtiroki va ular ijrosida tashkil etilgan master-klass yig'ilgan muxlislarda bir olam taassurot qoldirdi.

 

Qolaversa, futbol musobaqasining final bellashuvini jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov boshqarib borgani ham mazkur yoshlar sporti festivali ne chog'lik yuqori saviyada o'tkazilganidan dalolatdir.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, argentinalik jahonga mashhur mutaxassis Ektor Kuper festival ishtirokchilarini qutlar ekan, bu kabi tadbirlar ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish va sog'lom turmush tarzini targ'ib etishda beqiyos ahamiyat kasb etishini takidlab o'tdi.

Tadbirning badiiy qismida festival ishtirokchilari va mehmonlar uchun Tohir Sodiqov, Botir Qodirov, Farrux Komilov, Farhod va SHirin, VIA “Marokand” kabi estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida gala-koncert tashkil etilib, sumalak va halim kabi bahorning ananaviy taomlari tortiq etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing