So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

20 apr 11:11
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Eldorbek Usmonov o'z rekordini yana yangiladi

Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida suzish bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning ortda qolgan kuni bir qator ahamiyatli natijalar bilan yodda qoldi. 

Kunduzgi dasturda Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida 23.47 soniya natija qayd etib, yangi mamlakat rekordini o'rnatish barobarida joriy yil Yaponiyada o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan edi. 

Yosh suzuvchimiz kechki dasturda ham muvaffaqiyatli chiqishini davom ettirdi. Finalda u 23.41 soniya bilan o'z rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo'ldi. 

G'olib va sovrindorlar:

50 m brass (erkaklar)
1. Iskandar Sadullaev (ROSMM, Respublika Oliy sport mahorati maktabi) – 29.44
2. Behruz Axtamov (ROPSTTM, Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) – 29.86
3. Abrorbek Abdullaev (Xorazm vil.) – 30.42

50 m brass (ayollar)
1. Sitora Odilova (Navoiy vil.) – 34.94
2. Mahdiya Muxtorova (Andijon vil.) – 35.36

50 m batterflyay (erkaklar)
1. Eldorbek Usmonov (Andijon vil.) – 23.41 (O'zbekiston rekordi)
2. Abdulaziz Abdumajidov (Andijon vil.) – 25.44
3. Natan Muhitdinov (ROSMM) – 25.50

200 m erkin usul (erkaklar)
1. Egor Petryakov (ROSMM) – 1:55.76
2. Bekmurod Kenjaev (Toshkent sh.) – 1:56.48
3. Ozodbek Hamraev (ROPSTTM) – 1:57.59

200 m erkin usul (ayollar)
1. Anastasiya Zelinskaya (ROSMM) – 2:13.28
2. Osiyoxon Rajapova (Andijon vil.) – 2:15.67

200 m chalqancha (erkaklar)
1. Merdan Ataev (Turkmaniston) – 2:12.65
2. Kirill Abdullaev (ROSMM) – 2:14.74

200 m chalqancha (ayollar)
1. Ulyana Nazmutdinova (ROSMM) – 2:29.48

Estafeta 4x100 m (erkaklar)
1. ROSMM – 4:02.66
2. Turkmaniston – 4:07.19
3. ROPSTTM - 4:07.37

Estafeta 4x100 m (ayollar)
1. Navoiy vil. – 4:52.11
2. ROPSTTM – 5:07.35
3. Turkmaniston – 5:09.09

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing