So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

14 apr 21:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Elnur Abduraimov bugungi jangi haqida: "Anchadan beri ring ko'rmaganim sababli, jang o'zim xohlagandek bo'lmadi"

O'zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov "IBA CHempionlar oqshomi" doirasida meksikalik Karlos Ornelasga qarshi kechgan jangi haqida gapirdi.

Jangda Abduraimov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.

"Bugun "IBA CHempionlar oqshomi"dagi birinchi jangimni o'tkazdim. Musobaqa yaxshi tashkil qilingan. Anchadan beri ring ko'rmaganim sababli, meksikalik raqibimga qarshi jang o'zim xohlagandek bo'lmadi. Yaratganga shukur, shunga qaramay, g'alaba qozondik. 

Ringga hech qachon kuchsiz raqiblar chiqmaydi. Bu boks - boksda hamma narsa oldindan kutiladi. O'zim oldindan 6 raund jang qilishni rejalashtirgan edim. CHunki, anchadan buyon katta ringga chiqmagan edim. Sababi, oxirgi bor Meksikada o'tkazgan jangimda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchrab, IBF kamarimni boy bergan edim. Mana 1 yildan so'ng Allohning izni bilan ringga ko'tarildim. Albatta, buni muxlislar ham yaxshi biladi: 1 yil tanaffusdan keyin ringda o'zimni tutishim baribir biroz noqulay bo'ldi. Qiyinchilik bo'ldi, raqib hech qachon sizga yutqazaman, deb chiqmaydi.

Yaratganga shukur, yaxshi raund o'tkazdik va ochkolar hisobida g'alaba qozondik", dedi Elnur Abduraimov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing