So’nggi yangiliklar

10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0

17 noy 09:17
Yangiliklar

Tadbirlar

Endi davlat xizmatchilarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari nazorat qilinadi

Poytaxtimizdagi Milliy stadion anjumanlar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

 Unda mazkur tashkilotlarning masul xodimlari, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

2019 yil 3 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi zimmasiga bir qator vazifalar yuklatilgan.

Xususan, davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish va sog'lig'ini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oldidagi dolzarb vazifalardan biridir.

Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O'zbekistonda ham mamlakatimiz aholisining sog'lig'i, jismoniy salomatligi, sog'lom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko'rsatdi. COVID-19 koronavirus infekciyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo'llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolar sog'lig'iga salbiy tasir ko'rsatdi. Natijada, pandemiya ko'plab insonlar, xususan davlat fuqarolik xizmatchilarining bevaqt hayotdan ko'z yumishiga sabab bo'ldi.

SHu yil 30 oktyabr kuni Prezidentimiz «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonga imzo chekdi. Unga ko'ra, 2021 yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so'ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishadi. Rahbarlar shaxsiy namunalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko'rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinadi.

Kecha o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimida ana shu jihatlarga alohida etibor qaratildi.

Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Otabek Hasanovning takidlashicha, mazkur Memorandum davlat organlari hamda tashkilotlari rahbar va xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, jismoniy faolligini oshirish, ular o'rtasida turli musobaqalar tashkil etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda o'zaro hamkorlik qilish tartibini belgilab beradi.

O'zaro anglashuv memorandumiga ko'ra, Agentlik hamda vazirlik davlat organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini tashkil etish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, barcha tashkilotlarda mehnat unumdorligini oshirishda sportning muhim ahamiyati, uning jismoniy va manaviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ibot va tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlarni o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

SHuningdek, tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham so'z olib, «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmoni yurtimiz aholisi salomatligini mustahkamlashda muhim dasturulamal bo'lib xizmat qilishini alohida takidladi.

Jumladan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida sog'lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga «Sport targ'ibotchisi» qo'shimcha vazifasini yuklash va uning ish haqiga 20 foiz miqdorda ustama belgilashning yo'lga qo'yilishi ishchi-xodimlar orasida sog'lom turmush tarzini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

Tadbirda Farmonga muvofiq tashkilotlar xodimlarini sportga bo'lgan qiziqishini inobatga olib, turli jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini uyushtirish, faxriy sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish orqali ularni sportga jalb qilish, ular o'rtasida turli sport musobaqalarini tashkil etish, g'oliblarni rag'batlantirib borish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining vazn indeksini aniqlash hamda reyting natijalarni elon qilib borish bo'yicha aniq choralar ko'rib borilishi takidlandi.

SHu bilan birga, tashkilotlarda turli jismoniy tarbiya va sport musobaqalari o'tkazilishi uchun o'z tasarrufida bo'lgan ochiq sport obektlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida Memorandumni imzolagan tomonlar tomonidan tegishli choralar ko'rib boriladi.

O'zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimida so'zga chiqqanlar «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmonining ahamiyatiga alohida to'xtalib, Farmon o'z vaqtida imzolangani, ayniqsa, pandemiya sharoitida aholi salomatligini mustahkamlash dolzarb ekanligini takidlashdi.

SHuni takidlash kerak, Memorandum bilan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi hamda uning ijrosi yuzasidan monitoring olib borishga kelishildi. Demak, ushbu Memorandum shunchaki qog'ozda qolib ketmaydi, balki u davlat xizmatchilarining salomatligini mustahkamlash va taminlash borasida ko'makchiga aylanadi.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing