So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 3 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

04 okt 11:54
Yangiliklar

Triatlon

Eng kuchli triatlonchilar jam bo'ladigan Osiyo kubogiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi

8-9 oktyabr kunlari qadim va hamisha navqiron Samarqand shahri triatlon bo'yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi.

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida musobaqaga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazilib, unda mutasaddilar turnir atrofidagi qiziqarli savollarga javob berishdi. 

Marosimda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston triatlon federaciyasi Bosh kotibi Elena Kun spiker sifatida qatnashdilar.

Qayd etish joiz, bir-biridan nufuzli xalqaro musobaqalarni qabul qilayotgan Samarqand so'nggi paytda etibor markazidagi shaharlardan biriga aylanib ulgurdi. Triatlon bo'yicha o'tadigan Osiyo kubogi ham mazkur ko'hna shaharning turistik salohiyatini ochib berishga yana bir omil bo'ladi. 

Anjumanda so'z olgan mutasaddi rahbarlar bu haqida alohida to'xtalib, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda ommaviy sport targ'ibotini kuchaytirishga qaratilayotgan etibor xususida ham gapirib o'tishdi.

O'zbekiston triatlon federaciyasining malum qilishicha, 8 oktyabr kuni 30 mamlakatdan tashrif buyurgan 70 nafar professional sportchi chempionlik uchun bellashadi. 9 oktyabr sanasida esa 160 nafar havaskor atletlar o'rtasida shohsupa egalari aniqlanadi. 

Ahamiyatlisi, yoshlarga yuksak namuna ko'rsatish uchun O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri ham ular orasida ishtirok etishi kutilmoqda. Har ikki kungi bellashuvlar triatlonning klassik yo'nalishi: ochiq havzada 1,5 kmga suzish, 30 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish dasturlarida o'tkaziladi.

Anjuman davomida OAV xodimlari musobaqa bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing