So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

28 mar 20:54
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika bo'yicha jahon chempionati 1 yilga surilishi mumkin

Xabaringiz bor, joriy yil o'tkazilishi kerak bo'lgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari bir yil ortga surildi.

Bo'lajak Olimpiya o'yinlari katta ehtimolda yoz faslida o'tkaziladi. Bu esa 2021 yil yoz oylariga belgilangan jahon chempionatlarining o'tkazilishiga katta tasir o'tkazishi turgan gap.

Xalqaro engil atletika federaciyasi rahbari Sebastyan Koe 2021 yilning 6-15 avgust kunlari o'tishi kerak bo'lgan navbatdagi jahon chempionatini surish taklifi bilan chiqdi. Taklifga ko'ra, AQSHning Yujin shahrida o'tadigan musobaqa 2022 yili o'tishi mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, engil atletika bo'yicha jahon chempionatlari har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi.

Agar ushbu qaror maqullanadigan bo'lsa, engil atletikachilarni ketma-ket 5 yil mobaynida har yozda yirik musobaqalar kutib turadi. Bunday vaziyat muxlislar uchun yoqimli bo'lsa-da, sportchilarni bir muncha qiyin vaziyatga solib qo'yishi turgan gap. 

Engil atletika ishqibozlarini har yozda quyidagi musobaqalar kutmoqda:

2021 yil: Tokio Olimpiadasi;
2022 yil: Jahon chempionati (Yujin, AQSH);
2023 yil: Jahon chempionati (Budapesht, Vengriya);
2024 yil: Parij Olimpiadasi;
2025 yil: Jahon chempionati (mezbon nomalum).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing