So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

17 apr 07:07
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika bo'yicha milliy chempionatlarni o'tkazish muddati belgilandi

Hozirgi paytda Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi (World Athletics) 2020 yilgi yozgi mavsum musobaqalari muddatlariga aniqlik kiritmoqda.

Bu masalada tashkilot associaciyaga azo milliy federaciyalar va mintaqa associaciyalari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi Brilliant liga (Diamond League) musobaqasi tashkilotchilari bilan muhokamalari natijasida 2020 yilning 8-9 avgust sanalari engil atletika bo'yicha hozir bekor qilingan milliy chempionatlarni o'tkazish uchun eng maqbul sana deb topildi.

Malumki, avvalgi Oltin liga o'rnini egallagan Brilliant ligasi engil atletika bo'yicha tijorat musobaqalari turkumini tashkil etadi. 2020 yil 8-9 avgustda Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi va Brilliant ligasi ana shu sanada o'z musobaqalarini o'tkazishni mo'ljallamagan. Milliy chempionatlarni yuqorida ko'rsatilgan sanada o'tkazish bu musobaqalarda har bir mamlakat eng kuchli sportchilarining ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi.

Xalqaro tashkilot jahonda xavfsiz vaziyat paydo bo'lishi bilanoq, imkoniyat tug'ilgan paytda 2020 yil yozgi mavsum musobaqalarini boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Sportchilar 2020 yilning oktyabr oyiga qadar iloji boricha ko'proq musobaqalarda ishtirok etish niyatidalar. Yana bir ahamiyatli jihati atletlar komissiyasi va Jahon engil atletika kengashining qaroriga ko'ra, 2020 yil 6 apreldan 30 noyabrgacha bo'lgan davrda engil atletika bo'yicha har qanday musobaqada erishilgan natijalar “Tokio-2020” normativlari yoki jahon reytingi uchun hisobga olinmaydi.

SHu bilan birga Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi yaqin orada Brilliant ligasi va Qita turining 2020 yil yozgi mavsumi musobaqalarini o'tkazish muddatlari o'zgartirilishini elon qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing