So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

19 may 06:15
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika federaciyasining oshxonasida ayanchli holat + FOTO

Teglar :  Engil atletikaMOQ
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyatining Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan federaciya va associaciyalar bazalariga uyushtirayotgan tashrifi davom etadi.

SHu kunlarda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov O'zbekiston engil atletika federaciyasida bo'ldi.

MOQ rahbari kutilmaganda o'z yo'nalishini stadion tomon emas, bazadagi oshxona tarafga o'zgartirib yubordi. Taassufki, u erdagi muhit har qanday insonning medasiga tegar edi. Tartibsizlik oshxonadagi eng arzimas detal bo'lib, ichkarida bir-biridan xunuk holatlarni uchratish mumkin. 

Gaz plitasining ustidagi havo haydash tizimiga yopishib ketgan yog' dog'laridan oshxonaning necha yillik “tarix”ga ega ekaniga guvoh bo'lasiz. Muzlatgichda saqlanayotgan go'sht va istemolga yaroqsiz pomidorlarning turishi boshqa mahsulotlarning ham sifatiga salbiy tasir o'tkazishi tabiiy. Buning natijasida Olimpiya o'yinlaridek nufuzli musobaqaga tayyorlanayotgan atletlarimizda oshqozon-ichak kasalliklari paydo bo'lishi hech gap emas.

Oshxonada engil atletika bo'yicha asosiy terma jamoamizdan tashqari mazkur sport turi bo'yicha respublika Oliy sport mahorati maktabi xodimlari va murabbiylari ham tamaddi qilishadi. 

Ayanchli holatdan keyin MOQ raisi zudlik bilan federaciya mutasaddilariga vaziyatni qisqa fursat ichida yaxshilash, bazaga Sanitar-epidemiologik markazdan maxsus guruhni chaqirib, holat yuzasidan chuqur tahliliy o'rganishlarni tashkil qilish bo'yicha ko'rsatma berdi.

SHundan so'ng vaziyat yuzasidan MOQ anjumanlar zalida tezkor yig'ilish o'tkazildi. Unda Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Abdushukur Sadikov boshchiligida RSTIAM mutasaddilari ishtirok etishdi. 

MOQ rahbariyati federaciyalardagi bunday holatdan uzil-kesil qoniqmasligi aytib, vaziyatga keskin tanqidiy munosabat bildirdi. Bazalardagi sanitar-epidemiologik holatni nazoratga olish, qisqa fursat ichida barcha kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing