So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

15 apr 19:41
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika. Jizzaxda "Olimpiya cho'qqilari" musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  Engil atletika
Joriy yil 8-10 aprel kunlari Jizzax shahrining “So'g'diyona” markaziy stadionida engil atletika bo'yicha Olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchi-sportchilari o'rtasida “Olimpiya cho'qqilari” musobaqasining Respublika finali bo'lib o'tdi.

Musobaqada 14 ta jamoa yani mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Olimpiya zaxiralari kolleji terma jamoalari ishtirok etdi. Musobaqalar juda ham qiziqarli va kurashlarga boyligi bilan ajralib turdi.

SHuni takidlash lozimki, musabaqada Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji terma jamoasi muvafaqqiyatli ishtirok etdi. Jamoa 5 ta oltin 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarni qo'lga kiritdi. 

Sportchilardan CHaros Rasulova 200 metrga va 400 metrga yugurishlarda marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. O'g'il bolalar o'rtasida 3000 metrga yugurishda Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi SHahobiddin Kayumovga etadigan sportchi topilmadi va u g'alabani qo'lga kiritdi. 

Musobaqaning birinchi kunida Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji qizlar jamoasi yani CHaros Rasulova Farida Gazizova Aziza Po'latova va Sevinch Mirzarazimovalardan tashkil topgan  4×100 metrli estafetada birinchi bo'lishgan bo'lsa ikkinchi kunda ham g'alaba nashidasini davom ettirishdi. 

Musobaqaning birinchi kunida 100 metrga to'siqlar osha yugurishda Farida Gazizova kumush medalini ikkinchi kun bahslarida u 800 metrga yugurishda kumush medallarga egalik qildi. Bronza medali esa Sevinch Mirzakarimovaga nasib etdi. 1500 metrga yugurishda bronza medali SHaxobiddin Abdukayumovga va uzunlikka sakrashda Sefil Xolisa bronza medalini qo'lga kiritdi. Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji va viloyat terma jamoasining yuqori natijalariga erishishida viloyat engil atletika terma jamoasi bosh murabbiyi va JOZK engil atletika bosh murabbiyi Alisher Tolipovning xizmatlari beqiyos ekanligini alohida   takidlash lozimdir. 

Jamoaviy  birinchilik natijalariga ko'ra Andijon viloyati  (7 oltin, 2 bronza), Jizzax viloyati (5 ta oltin,2 kumush va va 3 ta bronza), Samarqand viloyati (3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza), Namangan viloyati (3 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza), Xorazm viloyati (2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza), Navoiy viloyati (1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza), Toshkent shaxar (1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza), Toshkent viloyati (2 ta kumush va 2 ta bronza), Qoraqalpog'iston Respublikasi (1ta kumush va 2 ta bronza), Sirdaryo viloyati (1 ta kumush va 1 ta bronza), Qashqadaryo viloyati (1 ta kumush va 1 ta bronza), Buxoro viloyati (1 ta kumush) medallariga sazovor bo'lishdi. 

Dildora Xolboeva tayyorladi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing