So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

04 may 08:59
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletikachilarimiz Turkiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishdi

Turkiyaning Mersin shahrida engil atletika bo'yicha navbatdagi xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda ishtirok etgan terma jamoamizning bir qator etakchi vakillari g'alaba qozonish barobarida jahon reytingidagi pog'onalarini ham mustahkamlab oladigan bo'lishdi.

Ko'pkurashchimiz Ekaterina Voronina musobaqada 6153 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan hamyurtimiz 28 aprel kuni xitoylik Nin SHulc qayd etgan Osiyo qitasi uchun mavsumning eng yaxshi natijasini takrorladi.

Tokio-2020 normativi sari yaqinlashib kelayotgan Safina Sadullaeva bu turnirda 1.90 metr balandlikni zabt etdi. Bu Safina uchun Olimpiada normativlari qabul qilinadigan mavsum qayta boshlangandan beri beshinchi start bo'ldi. Barcha turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan yurtdoshimiz payshanba kuni elon qilinadigan yangi jahon reytingida kuchlilar qatoridan joy olishi, shubhasiz.

Yana bir atletimiz Darya Reznichenko uzunlikka sakrash sektorida 6.58 metr bilan bilan g'alaba qozondi. Bu Darya uchun mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Bu borada qitadoshlarimiz orasida faqatgina xitoylik sportchiga (6.65 metr) imkoniyat boy berilmoqda.

SHuningdek, turnir davomida Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash) 1.79 metr, bosqon uloqtirishda Zarina Nosirjonova 62.44 metr va uch hatlab sakrashda Ivan Denisov 15.41 metr ko'rsatkich bilan musobaqani yakunlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing