So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

19 apr 09:32
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletikachilarimizning Turkiyadagi starti omadli o'tdi

17-18 aprel kunlari Turkiyaning Antalya shahrida engil atletika bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

11 davlat vakillari qatnashgan musobaqada hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqaning birinchi kunidayoq atletlarimiz o'z chiqishlari bilan ko'pchilikning diqqat-markazida turishdi. Erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bahsida dastlabki uch o'rin yurtdoshlarimizga nasib etdi.

Javohir Noriev – 7.43
Ivan Denisov – 7.11
Andrey Reznichenko – 7.09

Balandlikka sakrash sektorida esa Dmitriy Melsitov 2.06 metr natija bilan g'alaba qozondi.

Ikkinchi kun dasturida uch hatlab sakrash bahsida Ivan Denisov (15.19), ayollar o'rtasida uzunlikka sakrash bellashuvida esa Darya Reznichenko (6.06) eng yaxshi natijani qayd etishdi. Yosh nayza uloqtiruvchimiz Zarina Nosirjonova 61.89 metr bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

Yana bir qiziqarli bellashuv balandlikka sakrash yo'nalishida kuzatildi. Unda terma jamoamizning 3 etakchilari Safina Sadullaeva (1.92), Svetlana Radzivil (1.90) hamda Nadiya Dusanova (1.84) mos ravishda sovrinli o'rinlarni egalladilar. Qayd etish joiz, Sadullaeva Tokio-2020 normativini tashkil etuvchi 1.96 metr balandlikni zabt etishga urinib ko'rdi. Biroq mazkur harakatlar omadsiz yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing