So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

12 iyu 19:40
Yangiliklar

Boshqalar

“ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abiturientlar imtihonlarda ishtirok etadi

Teglar :  ERP sport
Tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abiturientlar imtihonlarda ishtirok etishadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 noyabrdagi PQ-414-sonli qaroriga muvofiq 2023/2024 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)” bakalavriat talim yo'nalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo'lgan, “Sport turining alohida yo'nalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida “O'zbekiston sport ustaligiga nomzod” yoki “O'zbekiston grossmeysterligiga nomzod” sport razryadiga ega bo'lgan abiturientlar qabul qilinishi belgilangan edi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan “ERP sport yagona elektron boshqaruv tizimi, shuningdek, uning quyi “Ijodiy imtihon” axborot tizimi ishlab chiqildi. SHunga ko'ra, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)” bakalavriat talim yo'nalishiga onlayn hujjat topshirishda faqatgina tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abiturientlar imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

Joriy yilning 20 iyun kuniga qadar sportchilardan razryadlari va unvoni to'g'risidagi malumotlarni "ERP sport" yagona elektron boshqaruv tizimiga o'z vaqtida, to'liq va haqqoniy kiritilishi talab etiladi.

Sport faoliyati yo'nalishi bo'yicha hujjat topshirayotgan abiturientlar my.sport.uz havolasi orqali sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portaliga kirib mavjud sport unvonlari yoki razryadlari haqida malumot olish xizmati yo'lga qo'yildi.

Agarda razryadi bo'lsay-u biroq ushbu tizimdan chiqmasa o'z hududida joylashgan sport tashkilotiga murojaat qilishi kerak bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing