So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

21 sen 12:58
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Ertaga Samarqandda Osiyo chempionati boshlanadi

22-24 sentyabr kunari Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo'yicha X Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur qita chempionatida O'zbekiston, Qozog'iston, Bangladesh, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Hindiston, Ummon, Tojikiston, Quvayt, Falastin, Eron kabi 14 ta davlatdan jami 45 nafar sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.

Ular orasida Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlarining ham borligi musobaqalarni nechog'lik murosasiz o'tishidan dalolat beradi. Mazkur Osiyo chempionatida O'zbekiston sharafini jami 7 nafar (4 nafar erkak, 3 nafar ayol) sportchi himoya qiladi.

Musobaqa arafasida hakamlar uchun seminar tashkil etildi. Osiyo suzish federaciyasining texnik qo'mitasi azosi Sox Siang boshchiligida o'tkazilgan seminarda ochiq suv havzasida o'tadigan musobaqa qonun-qoidalari, texnik talablar hamda xavfsizlik choralari haqida atroflicha malumot berildi.

Malumot uchun, Ochiq suv havzasida suzish bo'yicha X Osiyo chempionatida ishtirokchilar 5 va 10 kilometr masofaga suzish bo'yicha musobaqalarda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing