So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

20 dek 12:46
Yangiliklar

Velosport

Ertaga Toshkentda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi ishtirokida rasmiy tadbir o'tkaziladi

Teglar :  Velosport
21 dekabr kuni Toshkentdagi "Turkiston" davlat rezidenciyasida Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi(UCI) va Osiyo velosiped sporti Konfederaciyasi(ASS) hamda O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi rahbarlarining rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tadi.

PRESS-RELIZ

Mavzu: Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi(UCI) va Osiyo velosiped sporti Konfederaciyasi(ASS) hamda O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi rahbarlarining rasmiy uchrashuvi.
O'tkazilish vaqti: 2017 yil 21 dekabr kunlari soat  09:00dan 11:00gacha, soat 18:00 dan 19:00gacha.

O'tkazilish joylari: 21 dekabr kuni “Turkiston”davlat rezidenciyasi

Yurtimiz yoshlarini etuk va barkamol insonlar etib voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlarini taminlash, ularning iqtidori va qobiliyatlarini to'la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish oldimizda turgan muhim vazifalarimizdan biriga aylangan.

Sport – salomatlik garovi. Yurtimizda bolalar va o'smirlar sporti rivojiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Turli-tuman sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy tarzda sportga jalb etishga erishilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va  XVI Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to'g'risida” gi PQ 2821 son Qarorining chora tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida  Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi(UCI) va Osiyo velosiped sporti Konfederaciyasi(ASS) hamda O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi rahbarlarining rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Xalqaro uchrashuv doirasida: Respublika sport jamoatchiligi, jamoat arboblari bilan uchrashuv, diqqatga sazovor, tarixiy madaniy obidalarga tashrif o'rin olgan.
Xalqaro uchrashuv o'tkazilishidan asosiy maqsad:
- Respublikamizda velosiped sportini yanada rivojlantirish, o'zaro hamkorlik va tajriba almashish, bolalar va o'smirlar o'rtasida sportning ushbu turini muntazam tashkil etish orqali sport bilan shug'ullanishga keng jalb qilish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tkazishlarini tashkil etish;
- yoshlarni, ayniqsa qizlarni jismonan baquvvat, barkamol va sog'lom bo'lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobiliyatini o'sishiga yordam berish;
- sport bilan muntazam shug'ullanayotgan yoshlarni aniqlab, ular o'rtasida musobaqalar o'tkazish hamda radio va televideniya orqali targ'ibot etish orqali boshqa bolalarning ham sport bilan faol ishtirokiga erishish;
- sportning mazkur turini yanada rivojlantirish va xalqaro maydondagi o'rnini qaror toptirish;
- 2018 yilda Toshkent velotrekida Osiyo kubogini, 2019 yilda esa shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatini o'tkazish;
- velosportning Olimpiya turi hisoblangan  “BMX” va “Mautenbayk” yo'nalishlarini O'zbekistonda rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyati hududida mazkur turlar uchun sport inshooti kompleksini (velodrom) qurishga (xalqaro tashkilotlarning moliyaviy mablag'lari hisobiga) erishish;
- davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “CHorvoq” erkin turistik zonasini yaratish to'g'risidagi qaroriga asoslangan holda mazkur hududda xalqaro mavqega ega bo'lgan “Tour de Charwak Lake” ko'p kunlik velopoygani o'tkazilishini taminlash maqsadida velopoygani UCI taqvim rejasiga kiritish;
- UCI va AAS xalqaro tashkilotlaridan yangidan tashkil etilgan Tashkent City Kontinental velosiped komandasining xalqaro turnir va Gran-prilarda qatnashishida normativ-huquqiy (taaluqli ruxsatnomalar, musobaqalarga rasmiy taklifnomalar va x.k.), moddiy-texnikaviy (velosipedlar, sport uskunalari va anjomlari v.b.) ko'mak hamda amaliy yordam olishga erishish;
- O'zbekistonda xotin-qizlar velosiped sporti turini yanada rivojlantirish, uni xalqaro arenalarga olib chiqish, Respublikamizda xotin-qizlar ishtirokida nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish kabi masalalarni muhokama qilish kabi vazifalarni amalga oshirishdir.


Musobaqa tashkiliy qo'mitasi ushbu tadbirni amalga oshirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilot va homiylarga, ommaviy axborot vositalari orqali yoritishda ko'maklashgan barchaga oldindan o'zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi.

Tashkiliy qo'mita
tel.: (+99891) 780-77-80; faks: 237-47-44; [email protected]

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing