So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

25 apr 13:24
Yangiliklar

Eshkak eshish

Eshkak eshish bo'yicha rossiyalik Olimpiada sovrindori ilojsizlikdan O'zbekiston safiga o'tmoqda!

Anna Prakaten hozirgi siyosiy vaziyat tufayli o'z terma jamoasidan ketishga qaror qildi.

Eshkak eshish bo'yicha 2020 yilgi Tokio Olimpiadasining kumush medali sohibasi, 2021 yilgi Evropa chempionati g'olibi, asli belaruslik, 2016 yildan buyon Rossiya terma jamoasi safida musobaqalarda ishtirok etib kelgan 30 yoshli Anna Prakaten ayni paytdagi siyosiy vaziyat tufayli o'z terma jamoasini almashtirishga qaror qilgan. Bu haqda Rossiyaning bir qator ishonchli manbalari xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, rossiyalik sportchi endilikda O'zbekiston terma jamoasi safida musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Buni Rossiya eshkak eshish federaciyasi prezidenti Aleksey Svirin ham tasdiqlagan:

"Anya Prakaten O'zbekiston terma jamoasiga o'tish niyatida. Uning ketishi jamoamiz uchun jiddiy yo'qotish bo'ladi, ammo bu uning tanlovi. Anya faoliyatini butunlay yakunlash haqida ham o'yladi. Keyin esa O'zbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga qaror qildi. O'tgan yili O'zbekiston va Serbiya federaciyalari sportchilarimizga o'z bayroqlari ostida musobaqalarda ishtirok etishi mumkinligi haqida taklif yuborgan edi. Biz esa birinchi navbatda sportchilarimizni o'z tarkibimizda saqlab qolishga harakat qilamiz, deb javob bergan edik", - deya munosabat bildiradi Svirin.

"Endi Prakatenning transferi xalqaro federaciya tomonidan maqullanishi kerak. Menimcha, ular allaqachon ariza topshirishgan. Agar hammasi joyida bo'lsa, Anyaning O'zbekiston safida chiqishiga to'sqinlik qilishdan foyda bo'lmaydi. Lekin bizga malum bo'lishicha, transfer qilingan sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun 24 oy kutishadi. Ammo Xalqaro federaciya rossiyalik sportchilar tushib qolgan vaziyatni inobatga olib, bu muddatni qisqartirishi ham mumkin. Balki Prakaten 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etar", - deya qo'shimcha qildi federaciya prezidenti.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing