So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

10 noy 17:07
Yangiliklar

Sport kurashlari, Eshkak eshish

Eshkak eshish va sport kurashlari bo'yicha strategiya yana bir bor ko'rib chiqildi

Dastlab Rowing&Canoe federaciyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Qarorining imzolanishi barcha federaciya va associaciya mutasaddilarida bo'lajak Olimpiadaga tayyorgarlik masuliyatini yanada oshirmoqda. Bugun O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasi hamda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bilan tayyorgarlik rejalari yana bir bor muhokama qilindi.

Dastlab Rowing&Canoe federaciyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avaz Karimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, federaciya bosh homiysi Energetika vazirligi, Suv sporti turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorat maktabi vakillari, Vyacheslav Didrix boshchiligidagi federaciya mutasaddilari, murabbiylar shtabi ishtirok etdi. 

Takidlash joiz, yig'ilish tanqidiy ruhda o'tib, tayyorgarlik strategiyasi bir necha bor muhokama qilinayotgan bo'lsa ham murabbiylarning rejasi puxta ishlab chiqilmagani yuzasidan keskin fikrlar bildirildi.

O'z navbatida, federaciya vakillari Parij-2024 Olimpiadasiga 11 ta yo'llanma ko'zlanayotgani, bu borada Franciya va bir qator mamlakatlar bilan hamkorlik rejalashtirilganini malum qilishdi.

Kunning ikkinchi yarmida sport kurashlari bo'yicha tayyorgarlik strategiyasi muhokama qilindi. Unda Sportning yakkakurash turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev va terma jamoa murabbiylar shtabi qatnashdi.

Ahamiyatlisi, associaciya Parij-2024 Olimpiadasiga mahalliylashtirilgan sportchilarsiz yo'llanma olishni rejalashtirgan. SHuningdek, ilk bor ayollar kurashida ham licenziya qo'lga kiritish associaciya oldida turgan ustuvor vazifalardan ekani malum qilindi.

Suhbat davomida kelgusi yil Toshkentda sovrin jamg'armasi katta bo'lgan xalqaro musobaqa tashkillashtirish orqali ushbu sport turini yoshlarimiz orasida yanada ommalashtirish, sportchilarimiz mahoratini oshirish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing