So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

04 apr 07:29
Yangiliklar

Eshkak eshish

Eshkak eshuvchilarimiz Italiyada xalqaro turnirda ishtirok etishadi

Joriy yilning 7-15 aprel kunlari Italiyaning Pedkulo shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha ananaviy "Paolo De Aloe" xalqaro turniri va o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston sport delegaciyasi ham ishtirok etadi. Ushbu xalqaro turnir va o'quv-mashg'ulot yig'inida milliy va yoshlar terma jamoalarimiz azolari bo'lgan 25 nafar sportchimiz qatnashadi. Ular murabbiylarimiz Sergey Tyan, Artyom Kudryashov va Fozilbek Xonxo'jaev qo'l ostida shug'ullanishadi.

23 davlatdan jami 400 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etadigan tadbirlarda vakillarimiz 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida to'qnash kelishi mumkin bo'lgan sportchilarning texnik-taktik uslublarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Ushbu xalqaro musobaqa sportchilarimiz uchun 2019 yilning avgust-sentyabr oylarida Avstriyada bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va yuqori natijaga erishish uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

SHuningdek, xalqaro turnirda O'zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibiga kirishga nomzod bo'lgan sportchilarning jismoniy va tayyorgarlik holati o'rganiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing