So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

20 apr 08:49
Yangiliklar

Eshkak eshish

Eshkak eshuvchilarimiz licenzion turnirga jo'nab ketishdi. Tarkibda jiddiy o'zgarish

Clalom, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari Tailandning Pattayya shahrida o'tadigan Tokio-2020 licenzion musobaqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

Tashkilotchilar shartiga ko'ra, barcha ishtirokchilar Tailandga etib borishgach 10 kunlik karantinda bo'lishadi va ular uchun ajratilgan hududdagina mashg'ulot olib borishlari mumkin bo'ladi.

29 aprel – 2 may kunlari slalom bo'yicha bahslar bo'lib o'tsa, 5-7 may kunlari baydarka va kanoechilar Tokio-2020 yo'llanmalari uchun kurash olib borishadi. Malumot uchun, musobaqada faqat birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilargina Olimpiada yo'llanmalariga ega chiqishadi.

Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, 2 karra jahon chempioni, 4 karra Osiyo o'yinlari g'olibi, Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Vadim Menkovni uchratmaymiz. Murabbiylar shtabi mazkur yo'nalishda Bekzod Umaralievning imkoniyatlarini yuqori baholashgan. 

Jamoamiz Tailandga quyidagi tarkibda yo'l oldi:

Slalom:
Barkamol Mirzahmedov va Janibek Temirgaliev (ikkalasi K-1)
Alibek Temirgaliev va Abubakir Bukanov (ikkalasi S-1)

Baydarka:
SHahriyor Mahkamov (K1, 1000 metr)
SHohruh Azamov va Javohir Nurmatov (K2, 1000 metr)
Ekaterina SHubina (K1, 200 metr)
Denis Onufriev (K1, 200 metr)
Arina Tanatmisheva (K1, 500 metr)

Kanoe:
Bekzod Umaraliev (S1, 1000 metr)
Vladlen Denisov va Gerasim Kochnev (S2, 1000 metr)
Gulbahor Fayzieva (S1, 200 metr)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing