So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

10 jan 10:32
Yangiliklar

Eshkak eshish

Eshkak eshuvchilarimizning yig'ini MOQ rahbariyati nigohida

Teglar :  Eshkak eshishMOQ
Yurtimizda havo haroratining sovib ketishi natijasida Toshkent viloyatidagi Tuyabo'g'iz suv omborida mashg'ulot o'tkazishning imkoni bo'lmagach eshkak eshuvchilarimiz trenajyor zalida shug'ullanishni davom ettirishmoqda.

MOQ rahbariyati terma jamoamiz vakillarining holidan xabar olish, ularning mashg'ulotini kuzatish uchun sportchilarimiz joylashgan bazaga tashrif buyurdi. Safarda MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov, uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushkur Sadikov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston ROWING&CANOE federaciyasi mutasaddilari ham bo'lishdi.

Ayni paytda ushbu federaciya delegaciyamiz hisobiga Olimpiya o'yinlari uchun 2 ta, Paralimpiya o'yinlariga esa 3 ta yo'llanma taqdim etgan. Bahor faslida esa Osiyo qitasi bo'ylab o'tkaziladigan so'nggi licenzion musobaqa kutib turibdi. 

Mutasaddilar uchrashuvda sportchilarimizning kun tartibi, ular istemol qilayotgan ozuqalar tarkibi, mashg'ulotlar grafigi bilan yaqindan tanishishdi. Atletlarimiz bilan suhbatda ularni qiynayotgan muammolar, salomatliklari, rejalari haqida gaplashildi.

Rustam SHoabdurahmonov uchrashuv davomida sportchilarimizni hukumatimiz har tomonlama qo'llab-quvvatlashi, ular uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi haqida takidlab, faqat g'alaba sari harakat qilishlarini so'rab qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing