So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

10 jan 08:05
Yangiliklar

Tadbirlar

Etti tashkilot o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Teglar :  MemorandumMOQ
Bo'lajak memorandum 5 yil muddatga mo'ljallangan.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida muhtaram Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga yo'llangan Murojaatnomada belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash, yurtimizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar sonini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston engil atletika va triatlon federaciyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda ushbu tashkilotlarning rahbariyati, sport jamoatchiligi vakillari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Bo'lajak memorandum 5 yil muddatga mo'ljallangan bo'lib, xalqaro tajribalarni o'rgangan holda tomonlarning shaxsiy tarkibini sportga keng jalb qilish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlarni tayyorlash, terma jamoalarimiz zaxirasi uchun iqtidorli sportchilarni saralab olish kabi maqsadlarni o'zida mujassamlashtirgan.

Tadbir davomida memorandumning mazmun va mohiyati, tomonlarning majburiyati haqida to'xtalib o'tildi. SHundan so'ng tomonlar hamkorlik memorandumiga imzo chekishdi.

“Bu tashkilotlar doimo hamkorlikda ishlab kelishgan. Oldimizda bu yil Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlaridan tashqari Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, Islom birdamligi o'yinlari kabi musobaqalar turibdi. Harbiy sohaga aloqador sportchilarimiz ham ko'plab topiladi. Ushbu musobaqalarni sanab o'tishimning yana bir sababi ularga ushbu tashkilotlar bilan hamkorlikda tayyorlanib, O'zbekiston nomini munosib himoya qilishdir. Qolaversa, bu orqali aholimizning barcha bo'g'inlariga sportning kirib borishini taminashdir”, – dedi MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov.

Hamkorlik memorandumi imzolangach ishtirokchilar uning sportimiz o'sishi uchun ne chog'lik ahamiyatli ekani haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari so'zga chiqib, hamkorlikda ishlashdan mamnun ekanliklarini bildirib o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing