So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

21 sen 14:29
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Evgeniy SHaronov: “O'zbekiston jamoalari jahon ligalarida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'ladi”

Xabar berganimizdek shu kunlarda mamlakatimizda Xalqaro va Evropa suzish federaciyalarining suv polosi bo'yicha texnik qo'mitalari azosi, Rossiya suzish federaciyasining birinchi vice-prezidenti, Olimpiya o'yinlari g'olibi Evgeniy SHaronov mehmon bo'lib turibdi.

Martabali mehmon Namangan shahrida suv polosi bo'yicha boshlangan O'zbekiston chempionatida bevosita ishtirok etdi va yurtimizga tashrifdan ko'zlangan maqsad hamda mamlakatimizda suv polosini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar borasida Respublika suzish federaciyasi matbuot xizmatiga quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Avvalo menga ko'rsatilgan hurmat va etibor uchun O'zbekiston turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va Respublika suzish federaciyasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Namangan shahrida boshlangan O'zbekiston chempionatining ochilish marosimida bevosita ishtirok etdim. Bu erga kelishimdan avval Namangan suzish havzasining bazasi haqida ko'p iliq fikrlarni eshitgandim. Bugun bunga o'zim ham guvoh bo'ldim. Ochig'i, bu erda yaratilgan sharoitlar, sportchi va murabbiylarning kayfiyati, maqsad sari intiluvchanliklari menga juda maqul bo'ldi. 

- O'zbekistonga tashrifingiz davomida qanday masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan?

Birinchi navbatda o'zaro hamkorlik rishtalarini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Bu borada qator kelishuvlarni amalga oshirishni rejalashtirilgan. Jumladan, sportchi va murabbiylar, shuningdek, hakamlar uchun maxsus seminarlar, mahorat saboqlari tashkil qilinadi. SHu bilan birga EvroOsiyo ligasini tashkil qilish rejalashtirilgan. Ishonamanki, bu muvaffaqiyatli loyiha bo'ladi. Mazkur musobaqa suv polosini yanada taraqqiy etishiga va ishtirokchilarning mahoratini yanada toblanishiga xizmat qilishiga ishonaman. 

- O'zbekistonda suv polosi maktabining istiqbollari haqida nimalarni aytgan bo'lardingiz.

- Malumki, O'zbekiston suv polosi maktabi yorqin tarixga ega. Bugungi kunda ham ana shu ananalarni davom ettirish borasida katta xajmda ish olib borilayotgan yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Asosiysi, maqsad sari intilish kuchli.  Bu esa juda muhim va bu harakatlar o'z so'zini aytmay qolmaydi. SHuni ishonch bilan aytishim mumkinki, yaqin kelajakda O'zbekiston jamoalari jahon ligalarida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lishadi. Men bunga ishonaman va bu yo'lda ularga omad va zafarlar tilab qolaman. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing