So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

23 jan 18:39
Yangiliklar

Formula-1

“F-4 UAE Championship”da o'zbekistonlik pilot o'z natijasini yaxshilamoqda + FOTO

Teglar :  AvtosportFormula 4
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida avtosportning Formula 4 yo'nalishi bo'yicha “F-4 UAE Championship” turniri bo'lib o'tmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada ilk marotaba hamyurtimiz, O'zbekiston Milliy avtomobil klubi (O'zMAK) azosi Ismoil Ahmadxo'jaev ham ishtirok etyapti va ahamiyatlisi, hozircha debyutant pilotimizning natijalari chakki bo'lmayapti. Takidlash kerak, mazkur musobaqa bir nechta bosqichda o'tkaziladi.

Musobaqaning ilk bosqichida hamyurtimiz marra chizig'ini 23-o'rinda kesib o'tdi. Bir qator poygachilar marraga etib kelisholmagani va Ismoil Ahmadxo'jaev uchun bu ilk musobaqa bo'lganligini inobatga olsak, natija yomon emasligi oydinlashadi. Boz ustiga, debyut musobaqasida har qanday sportchida kuchli hayajon bo'ladi va sportchi eng avvalo raqib bilan emas, o'zidagi hayajon bilan kurashishi, hayajonini engib o'tishi talab qilinadi.

Musobaqaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida hamyurtimiz o'z natijasini sezilarli darajada yaxshilab, marraga 19-o'rinda etib keldi. O'z natijasini biryo'la 4ta pog'onaga oshirish debyutant pilot uchun chakki ko'rsatkich emas.

Bugun “F-4 UAE Championship” xalqaro turnirining to'rtinchi bosqichi o'tkazilmoqda va shu bilan birinchi raund o'z yakuniga etadi. “F-4 UAE Championship”poygasi Abu-Dabidagi “Yas Marina Circuit” trassasida bo'lib o'tmoqda. Ushbu trassada Formula-1 poygalari ham o'tkazilishini avtopoyga ixlosmandlari yaxshi bilishadi.

Eng yuqori xavfsizlik standartlariga rioya qilingan holda hamda xarajatlarni meyor darajasida ushlab turish orqali tashkil etilayotgan “F-4 UAE Championship” musobaqasi yosh poygachilarga xalqaro miqyosda tan olingan trassalarda o'z mahoratlarini oshirish va formula toifalarida o'z faoliyatini boshlash uchun etarli vaqt davomida mashq qilish uchun ideal platformadir.

Umid qilamizki, ushbu musobaqa hamyurtimiz uchun kelajakda Formula-4 ning Italiya yoki Britaniyadagi bosqichlari, qolaversa Formula-3, Formula-2 va nihoyat Formula-1 poygalari uchun tramplin vazifasini o'tab beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing